2022 yilda Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan “Dok-1 Maks” yötal siropini içiş oqibatida Özbekistonda kamida 68 nafar bola halok böldi, 16 nafar bola esa nogiron bölib qoldi.
Tekşiruvlar bu işlab çiqaruvçining “Dok-1 Maks” va “Ambronol” siroplari tarkibida propilenglikol örniga yoki u bilan birga dietilenglikol (DEG) va etilenglikol (EG) zaharli moddalari borligini körsatdi.
Şundan keyin 2024 yil yanvarida Hindiston hukumati Marion Biotech zavodida işlab çiqariş jarayonini töxtatdi va kompaniya litsenziyasini bekor qildi. 2023 yilning 3 mart kuni Hindiston politsiyasi mazkur farmatsevtika kompaniyasining işlab çiqariş böyiça direktori va ikki nafar kimyogarini hibsga oladi. Qolgan ikki direktor “mamlakatdan taşqarida ekani va Hindistonga qaytişi bilanoq qamoqqa olinişi” ma’lum qilinadi.
Press Trust of India agentligi xabariga köra, ularga nisbatan Hindiston Jinoyat kodeksining 274- (Dori vositalarini qalbakilaştiriş), 275- (Qalbaki dori vositalarini sotiş) va 276- (Dori vositalarini boşqa dori yoki dorivor mahsulot sifatida sotiş) moddalari böyiça iş qözğatilgan.
Özbekistonda “Dok-1 Maks” işi böyiça davom etayotgan apellyatsiya instansiyasi sudining 7 iyun kungi majlisida bu iş böyiça yana ayrim tafsilotlar ayon böldi.
Avvalo aytiş lozimki, Marion Biotech kompaniyasining boş idorasi Hindistonning Uttar Pradeş ştatidagi Noida şahrida joylaşgan. Kompaniya 1999 yilning 21 mayida röyxatga olingan.
Hindiston Korporativ işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, bolalar ölimi sodir bölgan paytda Marion Bioteç'ning asosiy uluşdorlari Saçin Jain va uning xotini Jaya Jain bölgan. Ular ta’sisçi böliş bilan birga, 2011 yil 8 apreldan hozirgaça boşqaruvçi direktor sifatida ham faoliyat olib boradi.

Mazkur ikki şaxs Marion Bioteç'dan taşqari yana 23ta boşqa kompaniyalarda ham uluşdor bölgan.









