Qöşma Ştatlar Isroil hukumatini «töliq şaffoflikka» çaqirdi, çunki Isroil mudofaa armiyasi (TsAHAL) Ğazo sektorida falastinlik qoçqinlar bölgan BMT maktabi binosiga zarba bergan. «Isroil hukumati uşbu zarba haqida qöşimça ma’lumot, jumladan, halok bölganlarning ismlarini oşkor etiş niyatida ekanligini ma’lum qildi. Biz ulardan bu ma’lumotni oşkor qilişda töliq şaffof bölişini kutamiz», dedi 7 iyun, juma kuni AQŞ Davlat departamenti vakili Mettyu Miller jurnalistlarga.

6 iyunga ötar keçasi Isroil armiyasi tomonidan amalga oşirilgan raketa hujumi oqibatida kamida 37 kişi halok böldi, deb xabar bermoqda AFP Ğazo sektoridagi Al-Aqso kasalxonasiga tayanib. 

TsAHAL: Maktab binosida terrorçilar yaşiringan 

Hujum haqida ilk bor xabar bergan Isroil armiyasi matbuot xizmatiga köra, BMTning falastin qoçqinlar işi böyiça agentligi tomonidan boşqariladigan maktab binosida 2023 yil 7 oktyabr hujumida iştirok etgan HAMAS harakati a’zolari uçun lager joylaşgan.

Zarba natijasida «yaqin vaqt içida TsAHAL askarlariga qarşi teraktlar uyuştirişni rejalaştirgan bir neça terrorçi yöq qilindi», — deyiladi bayonotda. 

Agentlik rahbari: BMT binolariga hujumlar yangi normaga aylana olmaydi 

BMTning falastin qoçqinlar işi böyiça agentligi rahbari Filip Lazarini maktab binosiga qilingan hujumdan köp ötmay, u yerda 6000 falastinlik qoçqin bölganini aytdi. TsAHALning qurolli guruhlar binoda yaşiringanligi haqidagi da’volari «hayratlanarli», ammo «biz bu da’volarni tasdiqlay olmaymiz», deb yozdi Lazarini.

Uning sözlariga köra, BMT binolariga hujum qiliş yoki ulardan harbiy maqsadlarda foydalaniş «xalqaro gumanitar huquqni oçiqdan oçiq mensimaslik»dir. 

Isroil-Falastin mojarosi

7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi. 

HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.