Şavkat Mirziyoyevning Turkiya safari, oliy darajadagi muzokaralar ikki davlat mediasida qizğin muhokamada. Taşrifning eng esda qolarli voqealaridan biri Turkiya oliy davlat mukofotining Özbekiston prezidentiga berilişi hamdir. Şuningdek, rasmiy Anqara va Toşkent özaro siyosiy yaqinligini yanada mustahkamlamoqçi. Ikki davlat pozitsiyalari deyarli bir xil ekani ham urğulangan. Safarning ahamiyati, kutilmalar haqida Kun.uz Anqara Hoji Bayram Valiy universiteti doktoranti, siyosatşunos Fazliddin Madiyev bilan suhbatlaşdi.

Özbekiston prezidenti 6 iyun kuni rasmiy taşrif bilan Turkiyada bölib qaytdi. Safarning asosiy tadbirlari prezident Rajab Toyyip Erdöğan qarorgohida ötkazildi. Taşrif 1 kunga möljallangan bölsa-da, jadvalda tadbirlar ançagina. Prezident Mirziyoyev bu gal Turkiya aeromudofaa sanoati bilan ham yaqindan tanişdi. Ikki prezident tor doiradagi muzokaralardan söng strategik hamkorlik, ikki davlat işbilarmonlari kengaşi yiğilişlarida qatnaşdi. 

Bugun Anqara Hoji Bayram Valiy universitetining Xalqaro munosabatlar yönalişi doktoranti hisoblangan Fazliddin Madiyev fikriça, ikki davlat eski muammolarni unutdi. Oradagi sovuqçilik olib taşlandi. Bugun Turkiya nafaqat Özbekiston, Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaqin aloqalarga ega. Şuningdek, safarning eng e’tiborli jihatlaridan yana biri xalqaro mavzular yuzasidan ikki davlat pozitsiyalarining öxşaş va bir xil ekani. Mirziyoyevning Ğazo yuzasidan munosabati kutilgan edi va quvonarli, deydi siyosatşunos. 

Şuningdek, Kun.uz suhbat davomida sönggi oylardagi deportatsiya siyosati va özbeklarga munosabatga ham töxtaldi. Çunki şu kunlarda köplab özbeklar ham deportatsiya qilinmoqda. Siyosatşunos fikriça, bu Turkiyada xorijliklarga munosabat özgargani bilan boğliq. Ya’ni, nafaqat özbeklar, balki davlatdagi barça migrant hamda qoçoqlarga qarşi kayfiyat kuçaygan. Lekin turkiylarga hurmat öz joyida. 

Eslatib ötamiz, Turkiya bugun Özbekistonning taşqi savdoda 4-muhim şerigi. Şuningdek, prezident Mirziyoyevning Erdöğan bilan muzokaralari Özbekistonning birinçi raqamli hamkorlaridan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Toşkentga taşrifidan 10 kundan keyin ötkazilmoqda.  

Şoxrux Majidov suhbatlaşdi.