Qaşqadaryo viloyatida fuqarolarning e’tirozlari asosida çiqindi bilan boğliq muammolar yuzasidan örganiş ötkazildi, deya xabar bermoqda Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi.
Viloyatning 15 ta tuman-şahridagi 821 ta mahallada 3 mln 482,3 ming aholi mavjud. Sanitar tozalaş korxonalari 762 ta mahalla (2 mln 533,04 ming aholi)ga çiqindilarni töplaş va olib çiqib ketiş xizmatlari körsatib keladi. Ya’ni bu xizmatlar viloyatning 92,8 foiz mahallasi yoki 72,7 foiz aholisini qamrab olgan.
Biroq aholi töliq xatlovdan ötkazilmagani, çiqindilarni töplaş va olib çiqib ketiş xizmatlari böyiça şartnomalar xonadonlar bilan emas, mahalla fuqarolar yiğini bilan tuzilgan. Çiqindi topşirmaydigan va heç kim yaşamaydigan xonadonlarga ham xizmat haqlari hisoblanişi hamda çiqindilarni 10−15 kungaça bölgan muddatda keçiktirib olib ketilayotgani e’tirozlar köpayganini körsatgan.
Örganiş davomida 2024 yilning 1-çoragidagi qarzdorlik summalari, çiqindi taşiş xizmatlarining körsatilmaganlik vaqtlari uçun hisoblanib kelinayotgan summalar tahlil qilingan.
Örganiş natijalariga köra, körsatilmagan xizmatlar qismi uçun nomuayyan doiradagi 351 153 ta xonadonda yaşovçi 1 452 276 nafar iste’molçiga jami 15 mlrd 593 mln 340 ming 700 söm qarzdorlik hisoblangan. Natijada 10 mlrd 929 mln 445 ming 471 sömlik mablağ qarzdorlik hisobidan çiqarilib, iste’molçilar foydasiga hal qilingan.
Qattiq maişiy çiqindilarni olib çiqib ketişning minimal davriyligi çiqindi töplaş şoxobçalaridan — bir kunda bir marotaba va yakka tartibdagi turar joy sektoridan «signal» usulida — uç kunda bir marotabani taşkil qilişi belgilangan.








