8 iyun, şanba kuni ertalab Rossiya havo hujumidan mudofaa kuçlari Şimoliy Osetiya hududi uzra «Ukraina uçuvçisiz uçiş apparatlari»ni urib tuşirdi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi heç qanday qöşimça ma’lumot bermasdan.
Öz navbatida, Şimoliy Osetiya rahbari Sergey Menyaylo Mozdokda uçta dron urib tuşirilganini aytdi. Menyayloning sözlariga köra, dronlar «Ukraina tomondan kelgan» va ularning nişoni harbiy aerodrom bölgan. Qurbonlar va vayronalar yöq, deya ta’kidladi u.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi jangovar zonadan ança uzoqda joylaşgan Şimoliy Osetiyada dronlarning yöq qilingani haqida xabar bermagan edi. Şu tariqa, Şimoliy Osetiya va Ukrainaning Zaporijjya şahri töğri çiziqda taxminan 900 kilometrlik masofaga ega.
Oçiq ma’lumotlarga köra, Mozdokdagi harbiy aerodromda 485-alohida vertolyot polki joylaşgan. Ukraina ommaviy axborot vositalarining ta’kidlaşiça, ötgan bahorda Rossiya uşbu aerodromdan strategik samolyotlarni qabul qiliş va uçiriş uçun foydalana boşlagan. 2024 yil 22 aprel holatiga köra, xususan, oltita Tu-22M3 strategik bombardimonçi samolyoti, törtta Su-24M/MR samolyoti (Su-24M - bombardimonçi, Su-24MR - razvedkaçi) va 20 ga yaqin har xil turdagi vertolyotlar mavjud edi.
Ukraina dronlarining hujumlari
Aprel oyi boşida Ukraina dronlari Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi boşlanganidan beri birinçi marta Tataristondagi korxonalarga hujum qildi. Xususan, Ukraina bilan çegaradan taxminan 1300 kilometr uzoqlikda joylaşgan «Alabuga» maxsus iqtisodiy zonasi hujumga uçradi.
Bungaça Ukraina dronlarining eng uzoq masofadagi zarbasi joriy yilning yanvar oyida Peterburg neft terminaliga qilingan hujum deb hisoblangan - öşanda dron Ukraina bilan çegaradan taxminan 900 kilometr uzoqlikka uçib borgan.








