1968 yilda «Apollon-8» missiyasi doirasida Oyga parvoz qilgan va «Yerning çiqişi» (Earthrise) fotosuratini olgan amerikalik astronavt Uilyam Anders özi boşqarayotgan samolyot halokati oqibatida 90 yoşida vafot etdi. Bu haqda AP xabar berdi.

Uning öğli Greg Anders astronavtning ölimi haqidagi ma’lumotni tasdiqladi va otasining jasadi 7 iyun kuni tuşdan keyin topilganini qöşimça qildi. «Oilamiz judolikka uçradi. U ajoyib uçuvçi edi va biz uni soğinamiz», dedi Greg Anders.

Uilyam Anders
Foto: AP

1968 yilda Anders Oyga yetib borgan birinçi ekipajli «Apollon-8» missiyasi oy moduli uçuvçisi edi. Uşbu missiya davomida Anders Oyda turib «Yerning çiqişi» suratini oldi. AP uni zamonaviy tarixdagi eng muhim fotosuratlardan biri deb hisoblaydi, çunki u odamlarning sayyora haqidagi fikrlarini özgartirgan. «Uşbu surat Yerning koinotdan qançalik nozik va yolğiz körinişi körsatib, global ekologik harakatga turtki berdi», deb hisoblamoqda agentlik.

Andersning özi bu fotosuratni kosmik dasturga qöşgan eng muhim hissasi deb atagan.