2022 yilning sentabr oyida Toşkent şahrida mudhiş qotillik jinoyati sodir etilgan. Qurbon IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi katta tezkor vakili edi. Qotillik haqida eşitganlar bunday muhim joyda faoliyat yuritgan şaxsning dahşatli tarzda öldirilişi duşmanlik bilan boğliq, degan öyga boradi. Sababi, marhum tirikligida tezkor tadbirlar ötkazib, korrupsiya bilan boğliq köplab jinoyatlarni foş qilgandi.
Qotillik aslida ham duşmanlik sabab yuz berganmidi? Yöq.
Bir körgan taniş, ikki körgan qadrdon
Odatda huquqni muhofaza qiluvçi organlarda işlovçi tezkor vakillar duç kelgan inson bilan tanişib, qadrdon bölib ketavermaydi. Ular bu borada öziga xos tarzda atrofida “muhofaza zonasi”ni uşlaydi.
Ammo IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi katta tezkor vakili negadir Jasur (maqoladagi barça ismlar özgartirilgan) bilan tanişib, qisqa fursatda qadrdonga aylanib qoldi. Albatta, bu tezkor xodimning ehtiyotkorsizligi emas, köproq Jasurning mahorati edi. Sababi, Jasur tezkor vakil bilan yanada yaqinroq böliş, uning işonçiga kiriş uçun tinmay harakat qilar, turli ziyofatlar uyuştirardi.
Şu tariqa ular ikkisi qadrdon bölib qolişdi. Ammo qilni qirq yoradigan tezkor vakil negadir Jasurning asl maqsadini sezmagandi.
Soxta tilla savdogari
Jasur tezkor vakilga özini tilla buyumlar savdosi bilan şuğullanuvçi işonçli tadbirkor sifatida körsatgandi. U har uçraşganida tezkor vakilni köproq va oson pul topişga qiziqtira boradi.
Navbatdagi ziyofatlarning birida Jasur maqsadga ötib, “qarmoq taşlaydi”. Ularning suhbati quyidagiça böladi:
— Sizlarga tezkor tadbirlarda foydalaniş uçun banklardan qaytarib beriş şarti bilan pul oliş vakolati berilgan ekan a?
— Ha.
— Mana şundan yaxşigina pul qilsak böladi-da.
— Qanday?
— Oddiy. Menga köp miqdorda pul olib bersangiz, öz biznesimga bir neça kunga “oborot”ga qöyaman. Daromaddan siz ham yaxşigina uluş olasiz.
Jasur tezkor vakilni şu tariqa aldaydi. Uni tilla buyumlar savdogari deb biladigan tezkor vakil şu tariqa “xörak”ka ilingandi.






