Toşkent viloyatining Bekobod tumanida 14 yoşli ösmir kanalga çökib ketgan. Bu haqda Kun.uz’ga Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov ma’lum qildi.

Bekobod tuman prokuraturasiga kelib tuşgan xabarga köra, 6 iyun kuni 16:30 larda Bekobod tumani, Quştamğali mahallasidan oqib ötuvçi Döstlik kanalida Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida yaşovçi, 2010 yilda tuğilgan S.T. çökib, vafot etgan.

Olib borilgan qidiruv-qutqaruv tadbirlari davomida ösmirning murdasi Döstlik kanalining 150 metr uzoqlikdagi qismidan çökiş alomatlari bilan topilgan.

Qayd etilişiça, hozirda hodisa yuzasidan Bekobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Natijasi böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanadi.