3 yildan beri maşinalarning taşqi körinişiga işlov beriş bilan şuğullanayotgan Madina bu soha ortidan yaxşigina daromad qiladi. Şogirdlariga soha sirlarini ham örgatib kelmoqda. U özi qilayotgan mehnati bilan avtoxizmat sohasining bir yönalişini rivojlantiryapman deb hisoblaydi.

Madina Xoliqova – Toşkent şahridagi avtoservislardan birining asosçisi, 5 kişilik jamoa rahbari va bir neçta şogirdlarning ustozi. U bundan 5 yil oldin maşinalarni sayqallaş, ularning taşqi körinişiga işlov berişga qiziqib qoladi va sohani yaxşi örganib oladi. Hozir Madinaning avtoservisi mijozlarga tinimsiz xizmat körsatadi.

“Mikrofon qizlarda” loyihasida Madina bu yönalişga qanday qiziqib qolgani, maşinalar bilan işlaşning ayol kişi uçun oğirliklari, iş şaroitlari haqida gapirib berdi.

“Qöğirçoq öynab katta bölganman...”

Hozirgi kunda maşinalarni “polirovka” qiliş va ularga keramika surtiş işlarini amalga oşiraman. Özimdan taşqari 5-6 kişilik kiçik jamoamiz va bir neçta şogirdlarim bor.

Oilamizda hamma öqimişli, men ham oliy ta’limda öqidim va şu yil tugatyapman. Maşinalarga oxirgi 5 yilda qiziqib qolganman. Özi, aslida, bolaligim qöğirçoq öynab ötgan. Bu avtoservis tanişlarimdan biriga tegişli bölgani uçun boşida hazil bilan “Menga ham örgatasizmi?” deb söraganman va şu-şu örganib ketdim. Boşida “Qiz bolasan, qila olmaysan”, deyişgan. Lekin epladim.

Işim – stresslarni yengişga yordam beradigan yönalişda. Ham qilayotgan işim özimga yoqqan: biz xuddi ğijimlangan narsani tekislaşga öxşaş iş qilamiz. Ham xulq-atvorim kirişuvçan bölgani uçun moslaşib ketdim. Mana hozir 3 yildan beri şu sohada işlayapman, har kuni ertalab uyğonib işga kelaman.

Uyimdagilar qarşilik qilişmagan. Bizda xohlagan narsamizni qilib körişga ruxsat berişardi. Lekin onam boşida oğir iş emasmi, deb xavotir olgandi.

Mijoz topişga qiynalmaganman

Mijoz topişga unçalik qiynalmaganman. Sababi mijozlar qaytaga maşinamizni ayol kişiga topşirsak, e’tiborli işlaydi, deb ham öylaşadi. Bundan taşqari, Instagram ijtimoiy tarmoği orqali ham öz sahifamni yuritib, qilayotgan işlarimni qöyib boraman.