Avvalroq 2 kişi vafot etgani, 4 kişi turli darajadagi tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgani xabar qilingandi.
Bugun, 14 mart kuni portlaş sodir bölgan Uçtepa tumanidagi “Aksava” MÇJga qaraşli avtomobillarga xizmat körsatiş şoxobçasida yana bir kişining jasadi topildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
“Hodisa sodir bölgan joyda Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvçilari va boşqa tuzilmalar vakillari işlamoqda. Soat 20:00 atrofida vayronalar ostidan uçinçi qurbonning jasadi topildi. Uşbu bosqiçda mazkur hodisaning sabablarini aniqlaş böyiça tergovga qadar tadbirlar olib borilmoqda. Dastlabki taxmin - kislorod yoki gaz ballonidan foydalaniş vaqtida xavfsizlik texnikasini buziş”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, 14 mart kuni soat 10:40 larda Uçtepa tumani “Çöpon ota” MFY hududida joylaşgan “Aksava” MÇJga qaraşli ikki qavatli avtomobillarga xizmat körsatiş şoxobçasi 2 ta boksining derazasi va devorlari qisman qulaşi sodir bölgan.
Kun.uz muxbirining voqea joyidan xabar berişiça, avtoservisda kislorod balloni portlagan, natijada servis binosi tomining bir qismi qulab tuşgan.








