10 iyun kuni prezident Şavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yiğilişida energiya samaradorligi, köp qavatli uylarni boşqariş va kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik masalalari körib çiqildi.

Yiğilişda bundan buyon ilğor tajriba asosida soha va tarmoqlarda energiya samaradorlikni baholaş böyiça yangiça tizim amal qilişi belgilandi. Bunda:

  • yiliga kamida 4 million kilovatt elektr yoki 375 ming kub metr gaz sarflaydigan yirik iste’molçilar har 3 yilda energiya auditidan ötadi;
  • Energoinspeksiya har yili yirik iste’molçilar röyxatini e’lon qilib boradi;
  • auditdan ötmagan korxonalarga gaz va elektr oşirilgan tarifda yetkaziladi.

Mutasaddilarga yil yakunigaça yangi tizim bilan boğliq texnik reglament va normativ hujjatlarni işlab çiqiş topşirildi.

Ma’lumot uçun, prezident huzuridagi 30 may kungi yiğilişda iste’molçilarni energiya auditidan ötkazişning yangi tartibi joriy etilişi belgilangan edi. Unga köra, energiya auditi faqat xalqaro standartlarga muvofiq ötkaziladi. Audit asosida taşkilot va korxonalar tomonidan bajarilişi majburiy bölgan çora-tadbirlar işlab çiqiladi va ularning ijrosi nazorat qilinadi.