Gazeta ixtiyoriga kelib tuşgan memorandumdagi ma’lumotlarga köra, Kaliforniyadagi çegara xizmatlari xodimlari yuzdan ortiq davlatlardan kelgan nolegal migrantlarni mamlakatga moneliksiz kiritiş töğrisida buyruq olişgan. Biroq, bu Rossiya, Özbekiston va boşqa ayrim sobiq ittifoq davlatlari fuqarolariga taalluqli emas.
Istisno Rossiya, Özbekiston, Gurjiston, Moldova, Qirğiziston va Tojikistondan kelgan migrantlarga nisbatan qöllaniladi. Bu mamlakat fuqarolari çegarani noqonuniy kesib ötiş jaranida zudlik bilan deportatsiya qilinadi. Biroq, AQŞ hukumati yoş bolalar, öğirlab ketiş qurbonlari bölganlar, şuningdek tahdid ostida qolganlar va tibbiy yordamga muhtoj insonlarni kiritadi.
Buyruq Meksikaning Tixuana şahri hamda Kaliforniya ştatidagi San Diyego okrugi ma’muriy markazi yaqinidagi çegara uçun taalluqli. Bu manzil ayni paytda çegarani noqonuniy kesib ötişda eng ziç hudud hisoblanadi.
Joriy yilda Amerika hukumati Rossiyadan misli körilmagan migrantlar oqimiga röbaro‘ kelişmoqda. 2023 moliya yilida (u 2022 yilning 1 oktyabrida boşlangan) Amerika sud tizimiga rusiyzabonlardan boşpana taqdim etiş töğrisida 41 ming 465 ta iş kelib tuşgan, deb xabar bergan rasmiy statistikaga asoslanib immigratsiya masalalari böyiça advokat Tatyana Edvards-Behar. Ötgan yarim yil içida kelib çiqişi Rossiyadan bölgan fuqarolardan tuşgan sörovlar soni butun ötgan yilnikidan ham oşib ketgan va sönggi 10 yil içida rekord natijani qayd etgan — 19 ming 49 ta keys. Ukrainadagi uruşgaça bölgan davrga nisbatan AQŞdan boşpana söraş töğrisidagi sörovlar soni 1500 foizga oşgan: masalan, 2021 yilda Amerika sudlariga 2537 ta şunday iş kelib tuşgan edi. Bu 2023 yildagiga nisbatan 16,3 martaga kamroq.








