Prezident huzurida 10 iyun kuni bölib ötgan yiğilişda elektr energiyasini işlab çiqarişni köpaytiriş masalalari körib çiqildi.
Ma’lum qilinişiça, barça generatsiya manbalari hisobidan joriy yilda 4 gigavattlik elektr stansiyalarini işga tuşiriş rejalaştirilgan. 11 ta quyoş va 3 ta şamol stansiyasi şular jumlasidan.
Bundan taşqari, 850 kilometr magistral tarmoq va 9 ta podstansiyani kapital ta’mirlaş, 595 kilometr elektr tarmoği va 4 ta yangi podstansiyani işga tuşiriş rejalari belgilab olindi.

Issiqlik elektr stansiyalari barqaror işlaşi, aholi va ijtimoiy soha ehtiyojlari uçun joriy yilda kömir qazib çiqarişni yanada köpaytiriş va bu borada 8 million tonnalik körsatkiçga intiliş zarurligi qayd etildi.
Bundan taşqari, kömir importi uçun uç yil muddatga revolver kreditlar beriladi. Mazut va kömir 2 yilga bojdan ozod qilinadi (bu mahsulotlar uçun amalda ham import bojining 0 foizlik stavkasi amal qilmoqda).
Mutasaddilar va hokimlar oldiga yaqin muddatda aholi va ijtimoiy soha uçun 1 million 200 ming tonna, yil yakunigaça yana şunça kömir yetkazib beriş, 1 oktyabrgaça 600 ming tonna kömir va 350 ming tonna mazut zaxirasini yaratiş vazifasi qöyildi.
Qöşimça qilinişiça, gaz bosimi past, yöqotişlar yuqori bölgan mahallalardagi xonadonlarning gaz ta’minotini uç bosqiçli tizimdan ikki bosqiçliga ötkaziş rejalaştirilgan.
Umuman, kuz-qiş mavsumini betalafot ötkaziş maqsadida Energetika vazirligi rahbarlari hududlarga biriktiriladigan böldi.
Ma’lumot uçun, energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov 2023 yil noyabr oyida parlamentdagi çiqişida qiş uçun 340 ming tonna mazut ğamlab qöyilgani, 2022 yilda bu körsatkiç 47 ming tonna bölganini aytgandi.
Özbekiston Afğonistondan 1 mln tonnadan ortiq kömir import qilişi mumkin








