Berlinda Ukrainani tiklaş böyiça konferensiya boşlanişidan bir kun oldin Ukraina tiklaniş agentligi rahbari Mustafo Nayyem iste’foga çiqdi. U öz qarorini 10 iyun, duşanba kuni Facebook’da ma’lum qildi. «Men öz vakolatlarimni samarali bajariş uçun keyingi imkoniyatlarga tösqinlik qiladigan tizimli muammolar tufayli şunday qaror qabul qildim», deb yozgan u.

Nayyemning sözlariga köra, uning jamoasi 2023 yil noyabr oyidan beri «doimiy qarşilik va sun’iy tösiqlar» bilan duç kelgan. Boşqa narsalar qatorida, u yöllarni qayta tiklaş va ta’mirlaş loyihalari uçun budjetlar bekor qilinişiga işora qildi. «Men çeklangan resurslarni va harbiy xarajatlarning ahamiyatini tuşunaman, ammo infratuzilmani saqlaş uçun mablağlar bekor qilinişi, birinçi navbatda, mudofaa yöllari holatiga ta’sir qiladi, agar bu bölmasa kelasi mavsumda biz harbiy logistika va mahsulot eksporti bilan boğliq qiyinçiliklarga duç kelamiz», dedi u. 

Bundan taşqari, Nayyem Ukraina boş vaziri Denis Şmixalni tanqid qildi, u Berlinda Ukrainani qayta tiklaş böyiça konferensiyaga boriş imkoniyatini rad etdi. Bundan taşqari, agentlik xodimlarining aksariyati maoşlari 68 foizga qisqartirildi, buning natijasida agentlik yil boşidan buyon öz xodimlari 25 foizini yöqotdi, dedi u. 

Berlinda Ukrainani tiklaş böyiça konferensiya 

Germaniya hukumati vakili Şteffen Xebeştraytning ta’kidlaşiça, Nayyem iste’fosi Berlinda bölib ötadigan konferensiya jarayoniga jiddiy ta’sir körsatmaydi. 

11-12 iyun kunlari Germaniya poytaxtida Ukrainani tiklaş böyiça ikki kunlik konferensiya bölib ötadi, unda 2 mingga yaqin iştirokçi kutilmoqda. Germaniya hukumati şu bilan Ukrainani qayta tiklaş böyiça uzoq muddatli istiqbolni taqdim etiş va sarmoyalarni rağbatlantiriş niyatida. Bundan taşqari, gap Rossiyaning davom etayotgan hujumlari fonida favqulodda yordam körsatiş masalalari haqida ketyapti.

Ukrainada sobiq jurnalist Mustafo Nayyem 2013 yil oxirida keng tanildi: Qadr-qimmat inqilobi odamlarni Ukrainadagi Maydanga borişga çaqirgan uning tvitidan boşlandi. Keyinçalik u Oliy rada deputati böldi, 2023 yil boşidan esa Tiklaniş agentligini boşqargan.