Ukrainaning Rossiya havo hujumlariga qarşi mudofaasini kuçaytiriş uçun AQŞ prezidenti Jo Bayden Kiyevga yana bir Patriot havo hujumidan mudofaa tizimini taqdim etmoqçi. The New York Times (NYT) 11 iyun, seşanba kuni AQŞ ma’muriyatidagi manbalariga tayanib yozişiça, Oq uy rahbari ötgan hafta yuqori martabali amaldorlar bilan bir qator uçraşuvlardan söng şunday qarorga kelgan. Milliy xavfsizlik kengaşining strategik aloqalar böyiça koordinatori Jon Kirbi bu ma’lumotni tasdiqlaşdan boş tortdi. 

NYT ma’lumotlariga köra, tilga olingan Patriot tizimi hozir Polşada va yaqin kunlarda Ukrainadagi frontda joylaştirilişi mumkin. Bu AQŞ Ukrainaga taqdim etadigan ikkinçi havo hujumidan mudofaa tizimi böladi. Bayden birinçisini yetkazib berişni bir yarim yil oldin, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning keng kölamli harbiy harakatlari boşlanganidan beri AQŞga birinçi safarini amalga oşirganida va Kongressda nutq sözlaganida ma’qullagan. Vaşington Ukrainaga Patriot uçun raketalarni ham muntazam yetkazib beryapti.

Germaniya allaqaçon Ukrainaga ikkita Patriot tizimini yetkazib bergan va uçinçisi haqida va’da bergan, hozirda ukrainalik askarlar unda öqitilmoqda.