Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat inspeksiyasi (xalq tilida “GASN”) korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça 2023 yilning eng qoniqarsiz davlat idoralaridan biri böldi. Inspeksiya reytingda 46 ball bilan 3-örinni egalladi.
Kun.uz muxbiri 11 iyun kuni inspeksiya boşliği Kozim Tölaganov boşçiligida ötgan matbuot anjumanida buning sabablari haqida söradi. Tölaganovning aytişiça, inspeksiyadagilar nega bunday salbiy natija qayd etilganidan bexabar.
“Bu savolga men hali javob topa olganim yöq. Sizlarga aytişim mumkin, mana şu yerda işlayotganimga ham 6-7 yil bölib qoldi, quriliş sohasidagi nazorat tizimi şakllantirilgan, har bir inspektorda özining vazifasi aniq belgilangan. Şu şaffof tizim orqali har kim qayerda, nima qilayotgani böyiça menga axborot berişadi: “350 ga yaqin inspektor bugun 700 ta obektda böldi, şunça “predpisaniye” berdi” – bu yerda hammasining nazorati turibdi. Lekin biz qanday qilib [reytingning] öşa qismiga çiqib qoldik degan savolga men özim javob ololganim yöq”,– dedi Tölaganov.
Anjumanda iştirok etgan Özbekiston quruvçilar assotsiatsiyasi raisi Mansurjon Niyozmuhammedov sohani raqamlaştiriş darajasi haqida ma’lumot berdi.
“Hammasi “Şaffof quriliş” platformasida raqamlaştirilgan. Şunda ham bu yerda hammasini xodim bajaradi. Misol uçun, siz davlat organiga [qurilişga] ruxsat oliş uçun murojaat qildingiz, [bunda] tadbirkor bilan korrupsion holat bölmasligi uçun men ularni körmayman, ular ham meni körmaydi. Hujjatlar kiritilganidan keyin yagona darça tegişli idoralarga yuboradi, masalan, arxitekturaga, “GASN”ga va yana boşqa-boşqa idoralarga. Ulardan javob keladi: “böladi” yoki “bu yerda kamçiligi bor” [deydi]. Men ular bilan aloqa qilmayman. Mana şu jihatdan raqamlaştirilgan. Lekin baribir uni inson köradi, ya’ni normaga muvofiqligi, normuvofiqligi böyiça baribir mutaxassis köradi”, – dedi Quruvçilar assotsiatsiyasi raisi.
Quriliş vazirligining yana bir vakili, Texnik me’yorlaş va standartlaştiriş ilmiy-tadqiqot markazi direktori Şerzod Sodiqovga köra, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi reytingni tuziş metodikasini taqdim etmagan.
“Masalan, sörov ötkaziş auditoriyasi bor. Ekspertlardan söraganmi, aholidan söraganmi – öşa metodikasini taqdim qilmagan. Ya’ni bu narsani qaysi usul bilan baholagan? Masalan, Quriliş sohasida nazorat inspeksiyasining oxirgi statistikasini körsangiz, hamma inspektorlarda planşet bor. 350 ta inspektor özining faoliyati [haqidagi ma’lumotlar]ni har kuni platformaga joylaştirib boradi. Bu, menimça, raqamlaştirişga kiradi. Oldin bunaqa tizim bölmagan”, – dedi u.







