Özbekistonda va Markaziy Osiyoning boşqa davlatlarida BMT yordamida suv toşqini haqida ogohlantiriş tizimlari örnatiladi. Bu haqda YuNeSKO boş direktori Odri Azule ma’lum qildi.
«Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari böyiça taşkiloti (YuNESKO) iştirokida Qozoğiston, Özbekiston, Tojikiston va Qirğizistonda suv toşqini haqida ogohlantiriş tizimlari örnatiladi», dedi Azule Tojikiston poytaxtida bölib ötayotgan Muzliklar forumida sözlagan nutqida.
Uning ta’kidlaşiça, YuNESKO maqsadlaridan biri aholining muzliklar erişi jarayonlariga qançalik ta’sirçan ekanini aniqlaşdir. Azule sözlariga köra, joriy yilning yozida Qozoğistonning Talgar daryosi havzasida, Özbekistondagi Pskem daryosi havzasida, şuningdek, Qirğizistonning Oloy vodiysida suv toşqini haqida erta ogohlantiriş tizimlari örnatiladi. Bu tizimni Tojikistonda ham joriy etiş rejalaştirilmoqda.








