Yevro-2024 taniştiruvi: Angliya va Fransiyaning guruhlaridagi jamoalar, tarkiblar va öyinlar taqvimi
|19:41 / 12.06.202418 06318 min
C guruhida Yevropa çempionatining, D guruhida jahon çempionatining amaldagi finalçilari favorit.
Yevro-2024 öyinlar qayerlarda bölib ötadi va asosiy sanalar
Futbol böyiça 2024 yilgi Yevropa çempionati 14 iyundan 14 iyulga qadar bölib ötadi. Yevropa birinçiligi tarixda ikkinçi bor Germaniyada ötkazilmoqda, 1988 yilgi turnir GFR tomonidan taşkillaştirilgandi. Bu safargi öyinlarga mamlakatning önta şahri mezbonlik qiladi: poytaxt Berlin, şuningdek, Hamburg, Gelzenkirhen, Dortmund, Dyusseldorf, Kyoln, Leypsig, Myunxen, Frankfurt va Ştutgart.
Yevro-2024 öyinlari ötkazilişi belgilangan önta stadiondan töqqiztasi oldin ham yirik turnirlarni ötkazişda foydalanilgan. 2006 yili ular futbol böyiça jahon çempionatini qabul qilgan. Arenalardan birortasi bu safargi Yevro uçun maxsus qurilmagan.
Yevropa çempionati öyinlarini «Olimpiaştadion», «BVB-Ştadion», «Dyusseldorf Arena», «Frankfurt Arena», «Arena AufŞalke», «Folksparkştadion», «Kyoln Ştadion», «Leypsig Ştadium», «Alyans Arena», «Ştutgart Arena» stadionlari qabul qiladi.
Faqat «Dyusseldorf Arena» 2006 yilgi JÇga mezbonlik qilmagandi. «Alyans Arena» (oldingi nomi «Myunxen Arena») unikal natija qayd etdi, çunki Myunxen Yevro-2020 öyinlari ötkazilgan 11 şahar qatorida bölgandi. Şu tariqa, «Bavariya»ning uy stadionida qatorasiga ikkinçi bor Yevropa çempionati öyinlari ötkazilmoqda.
Yevro-2024 guruh bosqiçi 14 iyunda boşlanib, 26 iyunga qadar davom etadi. Pley-off uçraşuvlari 28 iyun kuni, 1/8 final bosqiçidan boşlanadi. Çorak final öyinlari 5 va 6 iyul, yarimfinallar — 9 va 10 iyul kunlariga belgilangan. Final 14 iyul kuni Berlindagi «Olimpiaştadion» arenasida ötkaziladi.
C guruhi jamoalari
Yevro-2024 C guruhidan Angliya, Daniya, Sloveniya va Serbiya örin olgan.
Angliya avvalgi Yevropa çempionati finalçisi bölgan, 2021 yil yozida «Uç şerlar» «Uembli» stadionida ötkazilgan hal qiluvçi bahsda Italiyaga penaltilar seriyasida mağlub bölgandi. Yevro-2024 saralaş turnirida inglizlar S guruhida asosiy raqobatçilari bölgan Italiya va Ukrainani olti oçkoga ortda qoldirib, 20 oçko bilan birinçi örinni egalladi. Sakkiz öyinda Garet Sautgeyt jamoasi olti ğalabaga erişdi va ikki bor durang öynadi. Angliya raqiblar darvozalariga 22 gol urib, öz darvozasidan atigi törtta gol ötkazib yubordi.
Daniya — Yevro-2020 da bronza medallari sohibi bölgandi, uç yil muqaddam uşbu jamoa yarimfinalda Angliyaga qarşi keçgan öyinning qöşimça bölimlarida yutqazgandi. Saralaşning H guruhida daniyaliklar 22 oçko bilan birinçi örinni egalladi, xuddi şunça oçko töplagan Sloveniya qöşimça körsatkiçlar hisobiga ortda qoldirildi (birinçi navbatda özaro uçraşuvlar natijasiga qaralgan - 1:1, 2:1 ). Kasper Yulmann şogirdlari ön öyinda yetti ğalabaga erişdi, bir bor durang öynadi va ikki uçraşuvda mağlubiyatga uçradi, töplar nisbati 19-10.
Mavzuga oid
Sloveniya 2000 yilda debyut qilganidan keyin Yevropa çempionatining final turnirlarida iştirok etmayotgandi. Saralaşning H guruhida bu jamoa faqat Daniyadan qöşimça körsatkiçlar böyiça ortda qolib, ikkinçi örinni egallagandi. Matyaj Kek jamoasi 10 öyindan 7 tasida ğalaba qozondi, bir bor durang öynadi va ikki bor mağlub bölib, 22 oçko töpladi, töplar nisbati 20-9.
Serbiya Çernogoriya ajralib çiqişidan keyingi davrda ilk bor Yevroning final turniriga çiqqan. Saralaşning G guruhida serblar Vengriyadan tört oçkoga ortda qolib, 14 oçko bilan ikkinçi örinni egallagan. «Oq burgutlar» sakkiz öyinda tört bor ğalaba qozongan, ikki bor durang öynagan, yana ikki uçraşuvda yutqazgan. Dragan Stoykoviç jamoasi 15 gol urib, töqqiz gol ötkazib yuborgan.
Angliya milliy jamoasining Yevro-2024 uçun tarkibi
Angliyaning yakuniy tarkibiga himoyaçi Harri Maguayr («Mançester Yunayted»), yarimhimoyaçilar Jyeyms Meddison («Tottenhem») va Kertis Jons («Liverpul»), forvard Jyek Griliş («Mançester Siti») kiritilmadi.
Darvozabonlar: Jordan Pikford («Everton»), Aaron Ramsdeyl («Arsenal»), Din Henderson («Kristal Pelas»).
Himoyaçilar: Kayl Uoker, Jon Stounz (ikkisi ham — «Mançester Siti»), Lyuk Şou («Mançester Yunayted»), Mark Gehi («Kristal Pelas»), Kiran Trippiyer («Nyukasl»), Ezri Konsa («Aston Villa»), Lyuis Dank («Brayton»), Jo Gomes («Liverpul»).
Hujumçilar: Bukayo Saka («Arsenal»), Harri Keyn («Bavariya»), Fil Foden («Mançester Siti»), Ivan Toni («Brentford»), Entoni Gordon («Nyukasl»), Olli Uotkins («Aston Villa»), Djarrod Bouen («Vest Hem»).
Sloveniya milliy jamoasining Yevro-2024 uçun tarkibi
Darvozabonlar: Yan Oblak («Atletiko», Ispaniya), Vid Belets (APOEL, Kipr), Igor Vekiç («Vayle», Daniya).
Himoyaçilar: Jan Karniçnik («Tsele»), Yure Balkovets («Alanyaspor»), Mixa Blajiç («Lex»), Yaka Biyol («Udineze»), Erik Yanja («Gurnik» Zabjye), Petar Stoyanoviç («Sampdoriya»), Vanya Drkuşiç («Soçi»), David Brekalo («Orlando Siti»).
Yarimhimoyaçilar: Yon Gorens-Stankoviç, Tomi Xorvat (ikkisi ham — «Şturm»), Benyamin Verbiç, Adam Gnezda-Çerin (ikkisi ham — «Panatinaikos»), Sandi Lovriç («Udineze»), Timi Elşnik («Olimpiya» Lyublyana), Yasmin Kurtiç («Zyudtirol»), Nino Jugel («Bude-Glimt»), Adrian Zelkoviç («Spartak» Trnava).
Hujumçilar: Andraj Şporar («Panatinaikos»), Benyamin Şeşko («RB Leypsig»), Yan Mlakar («Piza»), Jan Vipotnik («Bordo»), Jan Tselar («Lugano»), Yosip Iliçiç («Maribor»).
Daniya milliy jamoasining Yevro-2024 uçun tarkibi
Darvozabonlar: Kasper Şmeyxel («Anderleht»), Mads Hermansen («Lester»), Frederik Rennov («Union»).
Himoyaçilar: Yoakim Andersen («Kristal Pelas»), Yannik Vestergor («Lester»), Simon Kiyer («Milan»), Yoakim Mele («Volfsburg»), Andreas Kristensen («Barselona»), Matias Yorgensen («Brentford»), Viktor Kristiansen («Bolonya»), Aleksander Ba («Benfika»), Rasmus Kristensen («Lids»).
Yarimhimoyaçilar: Matias Yyensen, Mikkel Damsgor, Kristian Nergor (barçasi — «Brentford»), Tomas Dileyni («Anderleht»), Kristian Eriksen («Mançester Yunayted»), Andreas Skov Olsen («Bryugge»), Morten Yulmand («Sporting»), Per-Emil Heyberg («Tottenhem»).
25 iyun, seyeşanba
00:00. Angliya — Sloveniya (Kyoln)
00:00. Daniya — Serbiya (Myunxen)
D guruhi jamoalari
2024 yilgi Yevropa çempionati D guruhidan Niderlandiya, Avstriya, Fransiya va Polşa milliy jamoalari örin olgan.
2022 yilgi jahon çempionati kumuş medallari sohibi bölgan Fransiya Yevro-2024 saralaşida B guruhida 22 oçko bilan birinçi örinni egalladi, ikkinçi örindagi Niderlandiya tört oçkoga ortda qoldirildi. «Uçranglilar» sakkiz uçraşuvda yetti ğalabaga erişib, bir durang qayd etdi (sönggi turda — Gretsiya bilan 2:2). Dide Deşam jamoasi bu uçraşuvlarda 29 gol urdi va uç gol ötkazib yubordi.
Niderlandlar saralaşda ham fransuzlar bilan bir guruhda qatnaşgan va 18 oçko töplagandi. Ronald Kuman şogirdlari sakkiz öyinda olti ğalabaga erişib, Fransiyaga qarşi ikki öyinda ham yutqazgan. «Töqsariqranlilar» raqiblar darvozalariga 17 gol yöllagan va yettita ötkazib yuborgan.
Polşa saralaşning E guruhida 11 oçko töplab, Albaniya va Çexiyadan keyingi uçinçi örinni egalladi. «Oq burgutlar» sakkiz uçraşuvdan faqat uçtasida ğalaba qozonib, ikki bor durang öynadi, uç marta yutqazdi. Avvaliga Fernandu Santuş boşçiligida saralaşni juda yomon boşlagan polşaliklar Mixal Probej kelganidan keyin vaziyatni önglaşdi. Jamoa jami 15 gol urgan va 11 ta ötkazib yuborgan. Yevro-2024 final bosqiçiga polyaklar ötiş öyinlari orqali yöllanma olişdi — UYeFA Millatlar ligasi pley-offida Estoniya (5:1) hamda Uels (0:0, penaltilar böyiça 5:4) mağlub etildi.
Avstriya saralaşning F guruhida 19 oçko bilan ikkinçi böldi, Belgiya bir oçko köproq jamğarib, birinçi böldi. Ralf Rangnik jamosi sakkiz öyinla olti ğalabaga erişgan, bir martadan durang va mağlubiyat qayd etgan. Avstriyaliklar bu öyinlarda 17 gol urgan va 7 bor öz darvozasidan töp olib çiqqan.
Fransiya milliy jamoasining Yevro-2024 uçun tarkibi
Niderlandiya milliy jamoasining Yevro-2024 uçun tarkibi
Kuman Yevro arafasida jarohat tufayli uç nafar yarimhimoyaçidan ayrildi — «Atalanta» vakillari Marten de Ron va Ten Kopmeyners hamda «Barselona»dan Frenki de Yong.
Darvozabonlar: Bart Verbryuggen («Brayton»), Yustin Beylo («Feyyenoord»), Mark Flekken («Brentford»).
Himoyaçilar: Lutşarel Gertryuyda («Feyyenoord»), Matteys de Ligt («Bavariya»), Virjiyl van Deyk («Liverpul»), Natan Ake («Mançester Siti»), Stefan de Vrey, Denzel Dumfris (ikkisi ham — «Inter»), Jyeremi Frimpong («Bayyer»), Mikki van de Ven («Tottenhem»), Deyli Blind («Jirona»), Ian Matsen («Borussiya» D).
Hujumçilar: Karol Sviderski («Verona»), Robert Levandovski («Barselona»), Adam Buksa («Antalyaspor»), Kşiştof Pyontek («Istanbul»).
D guruhidagi öyinlar taqvimi
16 iyun, yakşanba
18:00. Polşa — Niderlandiya (Hamburg)
17 iyun, duşanba
00:00. Avstriya — Fransiya (Dyusseldorf)
21 iyun, juma
21:00. Polşa — Avstriya (Berlin)
00:00. Niderlandiya — Fransiya (Leypsig)
25 iyun, seşanba
21:00. Fransiya — Polşa (Dortmund)
21:00. Niderlandiya — Avstriya (Berlin)
Yevro-2024 pley-offi setkasi: turnir formati
Yevro-2024 turnirining 24 iştirokçisi oltita guruhga bölingan, har bir guruhda törttadan milliy jamoa bor. Bu safargi guruh bosqiçida jami 36 öyin böladi. 1/8 finalga guruhlardan birinçi va ikkinçi örin egalari töğridan töğri yöllanmaga ega böladi, şuningdek, olti guruhda eng yaxşi körsatkiç qayd etgan törtta uçinçi örin sohiblari ham pley-offda öynaydi. Eng yaxşi uçinçi örinlarni aniqlaş uçun guruh bosqiçidagi natijalarga qaraladi. Quyida hisobga olingan mezonlar muhimlik darajasiga köra keltiriladi:
töplangan oçkolar soni;
urilgan va ötkazib yuborilgan gollar nisbati;
urilgan gollar soni;
ğalabalar soni;
«feyr-pley» böyiça intizomiy oçkolar soni kamligi böyiça (har bir sariq kartoçkaga bir oçko, qizil kartoçka yoki ikkinçi sariq kartoçka bilan maydondan çetlatilişga uç oçko yoziladi);
saralaş turniridagi reyting.
Yevro-2024 pley-offi setkasi guruh bosqiçidan keyin şakllantiriladi va 1/8 finaldan final öyiniga qadar qamrab oladi. Jamoalar har bir bosqiçda bittadan öyin ötkazadi. Yevro-2024 ğolibi 14 iyul kuni Berlinda ötkaziladigan final öyinida aniqlanadi.