Qöşma Ştatlar Italiyadagi G7 sammiti arafasida Rossiyaning Ukrainadagi uruşiga qarşi qaratilgan yangi sanksiyalar paketini e’lon qildi. Moskvaga kiritilgan çeklovlarni çetlab ötişga yordam bergan yana 33 kişi va 300 ga yaqin kompaniya va taşkilotlar qora röyxatga kiritilgan. 12 iyun, çorşanba kuni e’lon qilingan AQŞ Moliya vazirligi xabariga köra, çeklovlar qöyilgan yuridik şaxslar orasida Xitoy, Turkiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Bolgariya, Serbiya, Birlaşgan Arab Amirliklari, Belarus va Britaniya Virjiniya orollari kompaniyalari bor.
Şuningdek, Rossiya valuta bozorida dollar savdosida vositaçi bölgan bir qator Rossiya moliya institutlariga, xususan, Moskva birjasi, Milliy kliring markazi (MKM) va Milliy hisob-kitob depozitariysiga nisbatan ham sanksiyalar joriy etildi.
Amerika Moliya vazirligi ma’lumotlariga köra, Rossiya hukumatining Moskva birjasiga kapitalni jalb qiliş çoralari Rossiya Federatsiyasi va boşqa mamlakatlar fuqarolari uçun «Rossiya suveren qarziga sarmoya kiritiş orqali Kreml harbiy maşinasidan foyda oliş imkoniyatlarini kengaytiradi».
Dollar tizimidan izolyatsiya tahdidi
Ixtisoslaşgan Telegram-kanallar ta’kidlaşiça, Moskva birjasi va MKMga qarşi sanksiyalar dollar tizimidan izolyatsiya bilan tahdid soladi, jumladan, dollar va yevro bilan savdo töxtatilişi orqali.
Moskva birjasi 13 iyundan boşlab platformada dollar va yevroda savdo ötkazmasligi haqida xabar bergan edi. Şu bilan birga, u guruhda özgaruvçanlik şaroitida uzluksiz savdoni ta’minlaş uçun zarur vositalar mavjudligiga işontirdi.
Yangi sanksiya röyxatidagilar
«Sogaz» suğurta kompaniyasi va Rossiya milliy qayta suğurta kompaniyasi ham AQŞ çeklovlari ostida qoldi. 100 dan ortiq yuridik va jismoniy şaxslar Rossiya energetika, metallurgiya va toğ-kon sanoatida işlab çiqariş va eksport salohiyatini rivojlantiriş bilan şuğullanayotgani, şuningdek, ilgari kiritilgan çeklovlarni çetlab ötişga yordam bergani sababli röyxatga kiritilgan, deya tuşuntiradi AQŞ Moliya vazirligi. Yangi jazolar, şuningdek, bunday kompaniyalar uçun ikkilamçi sanksiyalar xavfini oşirişga qaratilgan.
Qora röyxatga, şuningdek, rossiyalik işlab çiqaruvçi uçun oltin yuviş bilan şuğullanuvçi, dron işlab çiqarişni qöllab-quvvatlovçi, Rossiyaning kimyoviy va biologik qurollar dasturi uçun nozik va muhim materiallarni sotib oluvçi öndan ortiq transmilliy tarmoqlar ham kiritilgan. Qöyilgan sanksiyalar, şuningdek, Rossiyaning suyultirilgan gaz sotişdan keladigan daromadlarini çeklaşga qaratilgan, deya ta’kidladi Qöşma Ştatlar Moliya vazirligi.








