AQŞ Moliya vazirligi Rossiyaga ilgari kiritilgan çeklovlarni çetlab ötişga yordam bergan 33 kişi va 300 ga yaqin rossiyalik va xorijiy kompaniya va taşkilotlarni öz içiga olgan sanksiyalar röyxatining yangilanganini e’lon qildi. 

Çeklovlarga duçor bölgan yuridik şaxslar orasida Xitoy, Turkiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Bolgariya, Serbiya, Janubiy Afrika, Birlaşgan Arab Amirliklari, Belarus va Britaniya Virjiniya orollari kompaniyalari kiritilgan. 

Şuningdek, Rossiya valuta bozorida dollar savdosida vositaçilik qiluvçi Rossiyaning bir qança moliya institutlariga, xususan, Moskva birjasi, Milliy kliring markazi va Milliy hisob-kitob depozitariysiga nisbatan ham sanksiyalar joriy etildi. 

Mutaxassislarning qayd qilişiça, bu dollar tizimidan izolyatsiyaga sabab bölişi mumkin, jumladan, dollar savdosining töxtatilişiga. Misol uçun, Milliy kliring markaziga qarşi sanksiyalar birjada dollar savdosini imkonsiz qiladi va «yevrodagi birja savdosini ham şubha ostiga qöyadi». 

Yangi sanksiyalar e’lon qilingani ortidan Moskva birjasi 13 iyundan boşlab dollar va yevro savdosi töxtatilişini e’lon etdi. 

Rossiya Markaziy Banki dollar va yevro bitimlari birjadan taşqari bozorda amalga oşirilişini ma’lum qildi. 

Şuningdek, «Sogaz» suğurta kompaniyasi va Rossiya milliy suğurta kompaniyasi ham çeklovlarga duç keldi. 

100 dan ortiq yuridik va jismoniy şaxslar Rossiya energetika, metallurgiya va toğ-kon sanoati işlab çiqariş va eksport salohiyatini rivojlantiriş bilan şuğullanayotgani, şuningdek, ilgari kiritilgan sanksiyalarni çetlab ötişga yordam bergani uçun röyxatga kiritilgan, deb tuşuntirdi AQŞ Moliya vazirligi. Kiritilgan çeklovlar, şuningdek, bunday kompaniyalar uçun ikkilamçi sanksiyalar xavfini oşirişga qaratilgan. 

Bundan taşqari, röyxatga Rossiya uçun oltin yuviş bilan şuğullanadigan öndan ortiq transmilliy tarmoqlar, dron işlab çiqariş, Rossiyaning kimyoviy va biologik qurollar dasturi uçun muhim materiallarni yetkazib beruvçi kompaniyalar ham kiritilgan. Joriy sanksiyalar, şuningdek, Rossiyaning suyultirilgan gazdan keladigan kelajakdagi daromadlarini çeklaşga qaratilgan, deb qayd etdi Moliya vazirligi.