Moskva birjasi 13 iyundan dollar va yevro bilan savdo qilişni töxtatadi. Bu haqdagi xabar 12 iyun, çorşanba kuni birjaning rasmiy saytida e’lon qilindi. Qimmatbaho metallar va fond bozorlarida AQŞ va Yevropa valutalari bilan savdo qiliş ham töxtatiladi.

AQŞ Mosbirja va boşqa yuzlab taşkilotlarga qarşi sanksiyalar kiritdi

Bir neça soat oldin AQŞ moliya vazirligi Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşiga aloqador şaxslar va kompaniyalarga qarşi yangi sanksiyalar paketini e’lon qildi. Röyxatga Rossiya, Xitoy, Turkiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Bolgariya, Serbiya, BAA, Belarus, şuningdek, Britaniya Virjiniya orollarida röyxatdan ötgan 33 nafar şaxs hamda 300 ga yaqin kompaniya va taşkilotlar kiritilgan. 

Boşqalar qatorida, Moskva birjasi, Milliy kliring markazi (MKM) va Rossiya Federatsiyasining Milliy hisob-kitob depozitariysi ham çeklovlarga duç keldi. Amerika Moliya vazirligining ma’lumotlariga köra, Rossiya hukumatining Moskva birjasiga kapitalni jalb qiliş çoralari Rossiya Federatsiyasi va boşqa mamlakatlar fuqarolari uçun «Rossiya suveren qarziga sarmoya kiritiş orqali Kremlning harbiy maşinasidan foyda oliş imkoniyatlarini kengaytiradi».

Mutaxassislar Rossiya valuta bozoridagi muammolarni taxmin qildi

Rossiyaning The Bell naşri özining Telegram-kanalida CEPA tadqiqotçisi Aleksandr Kolyandrga tayanib yozganidek, mijozlar birjada dollar va yevroni sotiş va sotib oliş imkoniga ega bölmasligi mumkin. Şu munosabat bilan, Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki birjadan taşqari operatsiyalar uçun valuta kursini belgilaşni boşlaşi ehtimoli mavjud. Şu bilan birga, Kolyandrning sözlariga köra, valutani saqlaş uçun tölovlar oşişi mumkin va uni Rossiyadan olib çiqiş yanada qimmatlaşadi. «Aslida, bu rublning konvertatsiyasidan yana bir qadam uzoqlaşiş», deya xulosa qildi u. 

Öz navbatida, moliyaviy tahlilçi Maksim Blant The Insider naşriga bergan intervyusida Amerikaning yangi sanksiyalari Rossiyani Xitoy yuaniga köproq e’tibor qaratişga majbur qilişi mumkin, degan fikrni bildirdi. «Bu Rossiya öz suverenitetini yöqotgani […] va Xitoy iqtisodiyotining qöşimçasiga aylanganining mutlaq va yakuniy e’tirofi böladi», dedi Blant.