2024 yil yanvar-may oylarida Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi tizimida faoliyat yuritgan 38 nafar xodim tomonidan 47 ta korrupsiyaga oid jinoyat sodir etilgan. Bu haqda Oliy sud tomonidan Korrupsiyaga qarşi kuraş agentligiga taqdim etilgan statistik ma’lumotlarda keltirilgan.
Ta’kidlanişiça, şulardan 9 tasi Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspeksiyasi hissasiga töğri keladi. Jinoyatlarlar asosan mansab mavqeyini suiiste’mol qiliş yöli bilan talon-toroj qiliş, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş, mansab soxtakorligi, pora oliş, pora beriş bilan boğliq.
Qayd etilişiça, 2023 yilda kapital quriliş sohasida 458 nafar şaxslarga nisbatan 227 ta korrupsiyaviy jinoyat işlari sudlar tomonidan körib tamomlangan. Sodir etilgan jinoyatlar natijasida 2023 yilda jamiyat va davlat manfaatlariga 100,2 mlrd sömlik moddiy zarar yetkazilgan.
Kapital quriliş sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 458 nafar şaxslarning 60 nafari bevosita Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi tasarrufidagi idora va taşkilotlar xodimlari, 44 nafari Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspeksiyasi xodimlari, qolgan 354 nafari esa boşqa soha xodimlari yoki fuqarolar ekani aniqlangan.








