Joriy yilning 13 iyun kuni soat 01:00 larda Çilonzor tumani Bunyodkor köçasida odam ölimi bilan yakun topgan yöl-transport hodisasi sodir böldi.
Toşkent şahar IIBB YHXB xabariga köra, 1997 yilda tuğilgan haydovçi M.A. boşqaruvida bölgan Malibu-2 rusumli avtomaşina, 1992 yilda tuğilgan haydovçi A.Z. boşqaruvida bölgan Lacetti rusumli avtomaşina hamda 1991 yilda tuğilgan haydovçi P.L. boşqaruvidagi bölgan LADA rusumli avtomaşina iştirokida yöl-transport hodisasi kuzatilgan.
YTH oqibatida Malibu-2 avtomaşina haydovçisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov davom etmoqda.








