Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Qoçqinlar böyiça Oliy komissari boşqarmasining (UNHCR) ma’lum qilişiça, 2023 yil oxiriga kelib majburiy köçirilganlar soni rekord darajadagi 117,3 million kişiga yetdi. 

«2023 yil oxirida 117,3 million kişi ta’qiblar, mojarolar, zöravonlik, inson huquqlari buzilişi va jamoat tartibini jiddiy buzgan voqealardan qoçganligi uçun majburan köçirildi», deyiladi hisobotda. 

«Dunyo böylab köçirilganlar soni yangi tarixiy darajaga yetdi», deb yozdi mualliflar. 

BMT qoçqinlar böyiça oliy komissarligining hisob-kitoblariga köra, qoçqinlar soni 2024 yilning birinçi oylarida ham ösişda davom etgan va aprel oyi oxiriga köra, 120 milliondan oşişi mumkin. 

Köçirilganlar sonining köpayişiga Sudan, Kongo DR, Myanma va Ğazo sektoridagi mojarolar ta’sir körsatgan. BMT Yaqin Şarqdagi falastinlik qoçqinlarga yordam körsatiş agentligi ma’lumotlariga köra, 2023 yil oxiriga kelib, «halokatli zöravonliklar 1,7 millionga yaqin odamni Ğazo sektorini tark etişga majbur qilgan». 

Hisobotga köra, Suriyadagi vaziyat «qoçqinlar böyiça dunyodagi eng katta inqirozga sabab bölgan, 13,8 million kişi mamlakat içida va taşqarisida majburiy ravişda köçirilgan». 

«Bu azob-uqubatlar xalqaro hamjamiyatni majburiy köçirilişning asosiy sabablarini bartaraf etiş uçun şoşilinç çoralar körişga undaşi kerak», dedi qoçqinlar böyiça BMT Oliy komissari Filippo Grandi. 

«Mojarolarni hal qiliş, inson huquqlari buzilişini bartaraf etiş va iqlim inqiroziga qarşi kuraşiş böyiça mustahkam hamkorlik va kelişilgan harakatlarsiz, köçirilganlar soni ösişda davom etadi, bu esa yanada azob-uqubatlarga va qimmatga tuşadigan gumanitar çoralarga olib keladi», dedi Grandi.