Tesla elektromobillar işlab çiqaruvçisi aksiyadorlari kompaniya asosçisi va rahbari Ilon Maskka 56 milliard dollar (52,2 milliard yevro) miqdorida tovon puli tölaşni qayta tasdiqladi, deb xabar bermoqda Reuters 13 iyun, payşanba kuni kompaniya bayonotiga tayanib. 

Tölovning ma’qullanişi «Mask Tesla çakana investorlari tomonidan qöllab-quvvatlanayotganini ta’kidlaydi, ular aksariyati milliarderning aşaddiy muxlislari», — deyiladi naşrda. Reuters şuningdek, ba’zi yirik institutsional investorlarning qarşiligiga qaramay, taklif qabul qilinganini bildirdi. 

Tölovlar paketi Amerika korporatsiyalari tarixidagi eng yirik paket böladi. 56 milliard dollarlik körsatkiç Tesla aksiyalarining avvalgi narxini aks ettiradi. Joriy yil aprel holatiga köra, ularning qiymati pasaygani hisobga olinsa, Maskka tölovlar hajmi 44,9 milliard dollar yoki 46,5 milliard yevroga teng. 

Tesla aksiyadorlarining Ilon Maskka tölovlar böyiça qarori 

Tesla elektromobillar çiqariş kompaniyasi direktorlar kengaşi 2018 yilda Maskka ön yil muddatga tovon tölaşga qaror qildi. Şartlar aksiyalarning bozor qiymati va biznes körsatkiçlari böyiça ulkan maqsadlarga erişilganligiga qarab kompaniya aksiyalari körinişidagi kompensatsiyani öz içiga oladi. Öşa yili Tesla aksiyadorlaridan biri paket hajmini haddan taşqari köp deb hisoblab, Maskka qarşi sudga murojaat qildi. 

Yanvar oyida Delaver sudi Maskning bunday katta kompensatsiyaga haqli emasligi haqida qaror çiqardi va köp milliard dollarlik tölov paketini «tuşunib bölmaydigan holat» deb atadi. 

Aksiyadorlarning tölovlarni qöllab-quvvatlaş böyiça takroriy qarori bu jarayonni bekor qilmaydi, deb ta’kidlaydi Reuters. Huquqşunoslar bu yana bir neça oyga çözilişi mumkinligini istisno qilmaydi. Xususan, sud aksiyadorlarning ovoz beriş natijalarini sinçiklab körib çiqişi va Maskdan nomaqbul ta’sir körsatmaganligini isbotlaşni talab qilişi mumkin. Reuters agentligi Ilon Mask uşbu iş böyiça yangi sud jarayonlariga duç kelişi mumkinligini istisno etmadi. 

Şu bilan birga, 13 iyun kuni Texasdagi Tesla aksiyadorlarining yillik yiğilişida kompaniya yuridik manzilini Delaverdan Texasga ötkaziş taklifi ham ma’qullandi. Boşqa takliflar ham qöllab-quvvatlandi, jumladan, boşqaruv kengaşining ikki a’zosi: Ilon Maskning akasi Kimbal Mask va mediamagnat Rupert Merdokning öğli Jyeyms Merdokni qayta saylaş.