Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temiryöli qurilişi yaqin oylarda boşlanişi mumkin, deya xabar bermoqda Kloop Qirğiziston boş vaziri Oqilbek Japarovga tayanib. 

Jöqorği Keneşning 13 iyun kuni bölib ötgan yiğilişida respublika hukumati rahbari avgust oyida uç davlat rahbarlarining uçraşuvi rejalaştirilganini ma’lum qildi. Şu bilan birga, uning sözlariga köra, öşanda işlarning rasmiy boşlanişi marosimi bölib ötadi. 

Japarovning ta’kidlaşiça, ötgan hafta Xitoy, Qirğiziston va Özbekiston transport vazirlari liniya loyihasi böyiça kelişuv imzolagan. Hujjat hamkorlik, jumladan, moliyalaştirişning asosiy tamoyillari va mexanizmlarini belgilaydi. 

«Nihoyat, mamlakatimizni yirik savdo-işlab çiqariş markaziga aylantiruvçi loyiha amalga oşirila boşlandi», – dedi Japarov. 

6 iyun kuni Özbekiston Transport vazirligi rahbari Ilhom Mahkamov yaqin kelajakda davlatlar moliyalaştiriş şartlarini belgilab beruvçi temiryöl böyiça konsessiya şartnomasini tuzişini ma’lum qildi. Unga köra, tamal toşini oktyabr oyida qöyiş rejalaştirilgan.

Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov ham may oyida xuddi şunday muddatni belgilagan edi. Uning ta’kidlaşiça, bölajak liniya respublika uçun «dunyoga deraza»ga aylanadi.