Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol Özbekistonga davlat taşrifi doirasidagi tadbirlar yakunida Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanişdi.
Ular Registon ansambli, Amir Temur maqbarasi, Mirzo Uluğbek rasadxonasi va muzeyi hamda yaqinda koreyalik mutaxassislar iştirokida restavratsiya qilingan “Afrosiyob” muzeyida böldi.
Ekskursiyaning oxirgi manzili “Buyuk ipak yöli” xalqaro turizm markazidagi “Boqiy şahar” tarixiy-etnografik majmuasi böldi.
Taşrif tadbirlari yakunlanganidan söng Samarqand xalqaro aeroportida Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol va uning rafiqasini Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qöydi.
Suratlar
























