Şimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan çegaradagi qurolsiz hududning öz tomonida devor quriş va handaq qazişni boşladi. Bu haqda ismi oşkor etilmagan harbiy manbaga tayanib, Yonhap axborot agentligi xabar berdi.

Naşr manbasiga köra, quriliş qurolsizlantirilgan hududning eng şimoliy çekkasi va yarimorolni ajratib turuvçi harbiy çegara çiziği örtasidagi 2 kilometr kenglikdagi maydonda olib borilmoqda. Hozirça Şimoliy Koreyaning maqsadi noaniqligiça qolmoqda, Yonhap esa devorning qançalik baland yoki kengligi haqida ma’lumot bermagan.

Avvalroq, Janubiy Koreya qöşinlari Şimoliy Koreyaning bir neça askarlari belkurak bilan çegarani vaqtinça kesib ötganida ogohlantiruvçi öq uzgan edi. Bu esa quriliş işlari bilan boğliq bölişi mumkin.

Sönggi vaqtda ikki davlat örtasidagi munosabatlar keskinlaşdi, çunki KXDR yaqinda Janubiy Koreyaga çiqindi solingan şarlarni uçirdi. Bunga javoban Seul hududda taşviqot olib boruvçi ovoz kuçaytirgiçlarni yoqişini aytdi. Bundan taşqari, har ikki davlat ham yuz minglab askarlarini çegara böylab joylaştira boşladi.