16 iyun kuni tongda Rostov şahridagi 1-sonli tergov izolyatorida mahbuslar Federal jazoni ijro etiş xizmatining (FSIN) ikki xodimini garovga oldi.
Rossiya axborot agentliklari tarqatgan xabarga köra, jinoyatçilar avtomaşina söraşgan va izolyatorni tark etişga qarşilik qilmaslikni talab qilişgan.
«Rossiya Federal jazoni ijro etiş xizmatining Rostov oblasti böyiça 1-sonli tergov hibsxonasida garovga olinganlarni ozod etiş böyiça maxsus amaliyot davomida jinoyatçilar yöq qilindi, garovga olingan xodimlar ozod etildi va ularga zarar yetmagan», — deya FSIN matbuot xizmatidan iqtibos keltiradi Rossiya axborot agentliklari.
Bundan biroz oldinroq tergov hibsxonasi binosi hududida intensiv otişma ovozlari eşitilgan, keyin binoga tez yordam maşinalari kirib borgan.
Şahar favqulodda vaziyatlar boşqarmasi ma’lumotiga köra, izolyatorga olib boruvçi köçalarda transport vositalari harakatlanişi töxtatilgan; avtomobillar egalari va jamoat transporti aylanma yöllarga yönaltirilgan.
1-sonli tergov izolyatori – qadimiy bino bölib, u Rostovning qoq markazida, Gorkiy va Kirov prospektlari kesişmasida joylaşgan.
Federal jazoni ijro etiş xizmatining hududiy boşqarmasi ma’lumotiga köra, hozirda boşqarma boşliği, boşqa huquq-tartibot organlari va prokuratura vakillari voqea joyida bölib turibdi hamda garovdagilarni ozod etiş böyiça muzokaralarda iştirok etişmoqda.
Xabarlarga köra, garovga olganlar soni beş yoki olti kişidan iborat – ularning barçasi oldin ham sudlanganlar yoki «terrorçilik» töğrisidagi moddalar böyiça ayblangan. Manbalarga köra, ular rezina dubinkalar, tiğli qurollar va öt öçiruvçilarning boltalari bilan qurollangan.
Agentlik jinoyatçilar orasida IŞIDga aloqador bölgan şaxslar ham borligini qöşimça qilgan.
Xabar qilişlariça, jinoyatçilar kameradagi panjaralarni sindirib, navbatçilik xonasiga kirişga muvaffaq bölgan, ular bu yerda ikki kişini – operativ xodim hamda inspektor-nazoratçini qölga olişgan.
Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari böyiça kengaş a’zosi Yeva Merkaçevaning sözlariga köra, garovga olinganlar orasida FSIN hududiy boşqarmasi operativ bölim boşliği Aleksandr Bogma ham bor.









