Isroil mudofaa armiyasi vakilining sözlariga köra, bunday tanaffuslardan birinçisi şanba kuni bölgan.
Harbiy harakatlardagi vaqtinçalik tanaffuslar, keyingi ogohlantirişga qadar mahalliy vaqt bilan soat 08:00 dan soat 19:00 gaça amal qiladi. Bu faqat Isroilning Ğazo bilan çegarasidagi «Kerem-Şalom» nazorat-ötkaziş punktidan şimolda, Salohiddin şossesigaça bölgan yölga hamda şosse böylab Xon Yunus şahri hududidagi Yevropa şifoxonasigaça bölgan hududga taalluqli böladi.
Isroilning ittifoqçilari, birinçi navbatda Qöşma Ştatlar Ğazoda gumanitar vaziyat oğirlaşmasligi uçun unga bosim ötkazmoqda. Yakşanba kungi e’lon «BMT va xalqaro taşkilotlar bilan qöşimça muhokamalar» ortidan berildi, deya xabar qilgan TsAHAL.
Ğazoga yuklar yetkazişda yordam körsatuvçi ActionAid agentligi BBC’ga ma’lum qilişiça, ularda uşbu tanaffuslar nimani anglatişi böyiça «çalkaş» kartina şakllangan.
«Biz bu taktik pauzalar nimani anglatişini hali ham tuşuna olmayapmiz, ular yordam nafaqat Ğazo sektoriga olib kirilişiga, balki uni unga muhtoj bölgan tinç aholiga xavfsiz tarqatilişiga ham yöl qöyadimi», — degan ActionAid vakili Ziyod Issa.
Isroil tomoni falastinliklarga yordamning katta qismi Hamas tuzilmalari xohişiga köra taqsimlanişi, şuningdek mahalliy aholi vakillari tomonidan insonparvarlik yordamlari olib ketayotgan karvonlarga hujumlar tez-tez uçrab turişiga e’tibor qaratgan.
ActionAid vakili sönggi haftalarda «Kerem-Şalom»dan Ğazoga olib kirilgan yordam karvonlari «yirik hujumlar»ga uçraganiga guvoh bölganini aytgan.

Isroildagi naşrlarga köra, Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu ğam, mudofaa vaziri Yoav Gallant ham bu haqda e’lon qilinmaguniça gumanitar pauzalar joriy etiş rejasi haqida xabardor bölmagan.
Netanyahuning ofisidagilar reja haqida faqat yakşanba kuni xabar topganini aytişgan, boş vazir buni yöl qöyib bölmaydigan qaror deb atagan. Ammo uni Isroil mudofaa armiyasining harbiy harakatlari maqsadi özgarmasligi va Rafahdagi janglar «reja böyiça davom etişi»ga işontirişgan.










