Bu haqda «Kommersant’» naşriga tadbirkorning manfaatlarini himoya qilayotgan advokat Ştefani Rabenau ma’lum qilgan.

Da’vogarga köra, 2018–2022 yillarda bank GFR moliyaviy hokimiyatiga tadbirkor tomonidan göyoki yöl qöyilgan şubhali moliyaviy operatsiyalar töğrisida «asoslanmagan bildirişnomalar seriyasi»ni jönatgan. Bu esa unga nisbatan «siyosiy tomondan motivlaşgan suriştiruvlar» ötkazilişiga sabab bölgan.

Rabenau xonimning arizasida aniqlaştirilişiça, UBS banki GFR boş bojxona direksiyasining moliyaviy monitoring bölimiga «öndan ortiq, agar qasddan yolğon deyilmasa, absurd, asoslanmagan bildirişnomalar» jönatgan. Ularning orasida naqd pullar yeçiş va ijara tölovlarini tölaşda «pul mablağlarini yuviş» kabi bildirişnoma va gumonlar bölgan. Bank bu holatda öz gumonlarini tasdiqlovçi birorta faktni taqdim etmagan, deya ta’kidlaydi advokat.

Bundan taşqari, 2022 yilda UBS’ning bildirişnomalari Germaniyada Alişer Usmonovga nisbatan suriştiruvlar boşlanişiga sabab bölgan. Suriştiruvlar asnosida tergov organlari janob Usmonovga tegişli deya «xato xulosaga borgan» butun mamlakatdagi obektlar, jumladan, Bavariyadagi köçmas mulk obektlarida va «Dilbar» yaxtasida tintuvlar ötkazilgan. Bu suriştiruv harakatlari OAVda keng yoritilgan va biznesmenga qarşi sanksiyalarni çöziş uçun işlatilgan.

«Bank xizmatini körsatiş va bank siri töğrisidagi şartnomalar şartlariga köra, UBS mijoz töğrisidagi ma’lumotlar maxfiyligini buzgan, u haqida işonçsiz ma’lumotlar va ta’kidlarni tarqatgan, şuningdek şaxs huquqlari töğrisidagi umumiy qoidalarni qöpol ravişda buzgan. Şartnoma şartlarining bank tomonidan buzilişi moliyaviy zararlarga va Alişer Burhonoviç Usmonovning nufuziga katta zarar yetkazgan. Mohiyatan, UBS aybsiz şaxsni noqonuniy jinoiy ta’qib qilişning fitnaçisi va iştirokçisiga aylangan va öz mijoziga sanksiya qöllanilişiga sabab bölgan»,— deya ta’kidlaydi Ştefani Rabenau.

Biznesmenning vakili Peter Gauvaylerning qöşimça qilişiça, yetkazilgan zarar miqdorini hozirça baholab bölmaydi va yakuniy tarxda aniqlaştirişning imkoni yöq. Uning sözlariga köra, UBS uçun oqibatlar «sunami oqibatlari bilan teng bölişi mumkin».

Alişer Usmonov 2022 yilning fevralida Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostiga tuşgan edi. Öşa yilning kuzida Myunxen prokuraturasi YeI tomonidan joriy etilgan çeklovlarga ters ölaroq biznesmen özining Germaniyadagi mol-mulklariga qarab turiş uçun qöriqlaş firmasiga tölov qilgani haqida bayonot bergan edi. Germaniyaning turli şaharlarida biznesmenga tegişli deb qaraladigan köçmas mulk obektlarida tintuvlar ötkazilgan. 2023 yilning may oyida Frankfurt şahridagi Yer sudi tintuv uçun berilgan bu orderlar noqonuniy bölgani, çunki «heç narsa bilan mustahkamlanmagan farazlar» asosida berilgani töğrisida qaror çiqardi. 2024 yilning martida Germaniyada biznesmenning mol-mulklarida noqonuniy tintuvlar ötkazilişi munosabati bilan tekşiruvlar boşlandi. Boş prokuratura xodimi va katta prokuror iş figurantlariga aylanişdi. Ular odil sudlovdan oğiş va aybsiz insonni ta’qib qilişda ayblanmoqda.