Turkiya razvedka xizmatlari Rossiyani «Krokus Siti Xoll» konsert zaliga uyuştirilgan hujumdan keyin yana bir terakt tayyorlanayotgani haqida ogohlantirdi. Bu haqda Hurriyet gazetasi yozdi. 

Qayd qilinişiça, terrorçilar gavjum savdo markaziga hujum qilmoqçi bölgan, biroq Turkiyaning aralaşuvi tufayli jinoyatning oldi olingan. Bu haqdagi ma’lumot «Krokus»dagi terakt uçun mas’uliyatni öz zimmasiga olgan «Viloyati Xuroson» guruhining qölga olingan beş nafar tarafdoridan olingan. 

Gazeta terakt uyuştirilişi rejalaştirilgan savdo markazi nomi va sanasi haqida ma’lumot bermadi.

«Krokus Siti Xoll»ga hujum 22 mart kuni keçqurun «Piknik» rok guruhining konsertidan oldin sodir böldi. Qurollangan odamlar tomoşabinlarni öqqa tutdi. Oqibatda 150 nafarga yaqin odam halok böldi, 550 nafardan ortiği jabrlandi. 

Terakt böyiça oçilgan jinoyat işi doirasida 20 kişi uşlandi, ulardan 18 nafari hibsga olindi, jumladan, hujumning bevosita iştirokçilari ekani aytilayotgan Tojikiston fuqarolari Dalerjon Mirzoyev, Şamsiddin Fariduni, Muhammadsobir Fayzov va Saidakrami Rajabalizoda. Ulardan ikki nafari teraktdan sal avval Turkiyada bölgan. 

Rossiyadagi voqealardan keyin Turkiyada IŞID tarafdorlariga qarşi bir qança amaliyotlar ötkazildi. 2023 yil iyunidan 2024 yil martigaça, rasmiy ma’lumotlarga köra, Turkiyada IŞIDga aloqador deyarli 3 ming kişi aniqlangan.