Olimlar 2024 yilning yozgi quyoş turişi odatdagidan ertaroq kelişini ma’lum qilişdi. Bu haqda IFL Science yozdi.
Qoida tariqasida, bu hodisa 21 iyun kuni sodir böladi. Yerning Şimoliy qutbi Quyoşga maksimal darajada egiladi, şu tufayli Şimoliy yarim şarda eng uzun kun va eng qisqa tunga sabab böladi.
Ammo 2024 yilda yozgi quyoş turişi 20 iyun kuni Grinviç vaqti (GMT) bilan soat 20:50 da sodir böladi. Bu 1796 yildan beri eng erta quyoş turişidir.
Erta quyoş turişi Yer va Quyoş orbitalarining murakkab özaro ta’siri, şuningdek, taqvim xronologiyasining öziga xos xususiyatlari bilan boğliq. Ma’lumki, Yerning Quyoş atrofida yillik aylanişi 365 kunga töliq teng emas. U 365,242189 kun davom etadi. Uşbu farqni hisobga oliş uçun kalendarga kabisa yillar kiritilgan.
Odatda bir yil 365 kundan iborat bölib, har yili quyoş turişi va tengkunliklar avvalgi yillarga qaraganda biroz keçroq sodir böladi. Kabisa yilida 366 kun bor. Bu yilgi quyoş turişi va tengkunlik sanalari avvalgi yilga nisbatan 18 soat, 11 daqiqa va 14,87 soniyaga ertaroq sodir böladi.
Olimlarning hisob-kitoblariga köra, 2024 yilda yozgi quyoş turişi 2020 yilga nisbatan taxminan 45 daqiqa oldin sodir böladi. Uşbu tendensiya 2096 yilga qadar davom etadi, ya’ni 20 iyun kuni GMT vaqti bilan soat 6:32 da quyoş turişi sodir böladi. Şundan söng, sikl tugaydi va yana qaytadan boşlanadi.








