Iş haftasi oxirigaça Özbekiston hududi böyiça issiq ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda “Özgidromet”.

Kunduzgi havo harorati +34...+39 daraja atrofida, şimolda, janubda va çöl hududlarda +41 darajagaça böladi. Toğli hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğadi va momaqaldiroq böladi.

Tekislik hududining katta qismida yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Özbekistonning markaziy va şarqiy hududlarida keçga tomon havo bulutli böladi, ba’zi joylarda momaqaldiroq kuzatiladi, ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomğir yoğişi ehtimoli bor.

Şarqiy yönalişdagi şamol 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15−20 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.

Poytaxtda asosan yoğingarçiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat keçga tomon momaqaldiroq bölişi, şaharning ayrim joylarida biroz yomğir yoğişi mumkin. Harorat keçasi +20...+25 daraja, kunduzi +35...+38 daraja böladi.

Şamol şarqdan 3−8 m/s tezlikda esadi, keçga tomon ba’zi joylarda 12−14 m/s gaça kuçayadi.