Prezident Şavkat Mirziyoyev maktab ta’limi sifati va pedagoglar malakasini oşiriş böyiça takliflar taqdimoti bilan tanişdi.

Taqdimotda Qori-Niyoziy nomidagi Özbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti negizida Tarbiya pedagogikasi milliy institutini taşkil etiş taklifi ham muhokama qilindi. 

Yangilangan institutga “mahalla – ota-ona – maktab” hamkorligini kuçaytiriş, ota-onalar va bolalar uçun tarbiyaga oid adabiyotlar yaratiş, jadidlarning tarbiyaviy qaraşlarini ilmiy tadqiq etiş kabi vazifalar qöyiladi. 5 ta ixtisoslik böyiça ilmiy kengaş faoliyati hamda magistratura va doktorantura böyiça kadrlar tayyorlaş ham yölga qöyiladi.

Şuningdek, Bahodir Jalolov va Oksana Çusovitina sport mahorati maktablarida xalqaro uslublarni joriy etiş, öquv va maşğulotlar sifatini oşiriş masalalariga töxtalib ötildi.

Davlat rahbari pedagoglar tayyorlaş sifatini oşiriş, adolatli baholaş va rağbat tizimini taşkil etiş böyiça körsatmalar berdi.