Germaniya kansleri Olaf Şols noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşda federal hukumat va Germaniyaning şarqiy yerlari boş vazirlari örtasida töliq birdamlik körmoqda. 18 iyun, seşanba kuni Vittenbergda oltita federal yer hukumati rahbarlari bilan uçraşuvdan söng Şols «uzoqqa möljallangan qarorlar» ötgan yili qabul qilingani va tez orada kuçga kirişini aytdi. «Biz bu tendensiya davom etişini ta’minlaş uçun barça imkoniyatlarni işga solamiz», dedi federal kansler Germaniyadagi immigrantlar sonining pasayiş tendensiyasiga işora qilib.

Hozirda Germaniyaning şarqiy yerlari hukumat rahbarlari konferensiyasiga rahbarlik qilayotgan Saksoniya-Anxalt boş vaziri Rayner Xaseloff kanslerning muzokaralar muvaffaqiyatli ötgani haqidagi sözlarini töliq tasdiqladi. Siyosatçi uçraşuvda kötarilgan barça mavzular böyiça kelişuvga erişilganini ta’kidladi.

Boş vazir bildirganidek, ötgan hafta Magdeburg yaqinidagi Volmirştedtda sodir etilgan piçoqli hujum deportatsiya amaliyoti böyiça şoşilinç çoralar köriş zarurligini körsatdi. Odamlar hozir özlarini xavfsiz his qilişmayapti, dedi Xaseloff. Şuningdek, u öng qanot populist «Germaniya uçun muqobil» (GuM) Germaniyaning şarqiy qismida eng nufuzli partiyaga aylangani qabul qilib bölmas ekanligini aytdi. 

Saksoniya-Anxaltda piçoqli hujum sodir böldi, qurbon va yaradorlar bor

Der Spiegel jurnali xabar berişiça, 14 iyun kuni keçqurun Germaniyaning Volmirştedt şahrida 27 yoşli afğonistonlik Germaniya va Şotlandiya örtasidagi Yevro-2024 oçiliş öyinini tomoşa qilayotgan odamlar şaxsiy bazmiga bostirib kirgan. U 50 yoşli nemis ayol va 75 yoşli nemis erkakni piçoqlagan. Yana bir 56 yoşli erkak yengil jarohat olgan. Keyinroq ayol olgan jarohatlaridan vafot etgan. 

Jinoyatçi çaqiruv böyiça kelgan politsiyaga «piçoqqa öxşaş narsa» bilan hujum qilgan va ikki zobit unga qarata öq uzgan. Biroz vaqt ötgaç, hujumçi kasalxonada vafot etdi. Erkak avvalroq şu şahardagi köp qavatli uylardan birida 23 yoşli afğonistonlik yigitga hujum qilgani ma’lum böldi. Jabrlanuvçi olgan jarohatlaridan öşa kuni keçqurun vafot etgan. 

Der Spiegel naşrining yozişiça, hujumçi avvalroq terrorçilik yoki radikal faoliyat bilan boğliq holda Germaniya xavfsizlik organlari e’tiboriga tuşmagan. Saksoniya-Anxalt Içki işlar vazirligi rahbari Tamara Tsisxang şahar köçalarida sodir etilgan hujumdan söng yer politsiya kuçlari kuçayişini, Volmirştedtdagi voqea «har tomonlama va maqsadli» tekşirilişini aytdi.