Andijon şahrida yöl harakati qoidalarini 68 marta buzgan yigitning jarimalarini uning qaynotasi tölab bergan. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, Andijon şahrida yaşovçi M.A. xotinining egaligida bölgan Lacetti maşinasini boşqarib, yöllarda harakatlaniş tezligini muntazam ravişda me’yoridan oşirib kelgan. Natijada 68 marotaba ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan.
Viloyat IIB YHXB organlari tomonidan MIB Andijon şahar bölimiga kelib tuşgan jarima soliş töğrisidagi 68 ta qarorlarga muvofiq M.U.dan jami 28 mln söm undirilişi belgilangan.
Bölim davlat ijroçisi maşina egasini jarima pullarini tölaşi yuzasidan ogohlantirgan. Qarzdorlik tölanmagani sababli Lacetti jarima maydoniga olib kirib qöyilgan.
Şundan söng maşina egasi bölgan ayolning otasi kuyovi M.A. boşqaruvida sodir etilgan 68 ta jarima uçun 28 million söm miqdoridagi ma’muriy jarimalarni tölab bergan va qizining maşinasini jarima maydonidan olib çiqqan.








