Prezident Şavkat Mirziyoyev tuman va şaharlarning master rejalarini işlab çiqişga oid taqdimot bilan tanişdi.
Bu haqda joriy yil 16 yanvarda bölib ötgan iqtisodiyotdagi ustuvor vazifalarga bağişlangan videoselektor yiğilişida topşiriq berilgan edi. Mutasaddilar şu borada qilingan dastlabki işlar, master rejalardan kutilayotgan natijalar töğrisida axborot berdi.
Ötgan vaqtda 14 ta tuman va şahar böyiça master reja işlab çiqilgan. Ularda 759 ta köp qavatli uy-joy, 22 ta savdo majmuasi, 800 dan ziyod xizmat körsatiş obekti barpo qiliş imkoniyati aniqlangan.
Şu tarzda 112 ta tuman va şahardagi drayver yönalişlar asosida yana 136 ta master reja tayyorlanişi közda tutilgan.
Masalan, aholisi tez ösayotgan 38 ta tuman markazlari va şaharlarda yetarli uy-joylar quriş, aholi sayr qilişi va dam olişi uçun qulay maskanlar va istirohat boğlari barpo etiş zarur.
Turistik salohiyati yuqori 20 ta tumanda mehmonxonalarni köpaytiriş, plyaj, ekologik, tibbiyot, sport va ekstremal turizmni rivojlantiriş orqali sayyohlar oqimini 2,5 karra oşiriş imkoniyati bor.

Hududidan magistral yöllar ötgan 68 ta tumanda 400 dan ziyod motel, kemping, oşxona, dökon va avtoservislar taşkil etiş mumkin.
Umuman, master-rejalar asosida böladigan loyihalar hisobiga 40 mingta iş örni yaratilişi, budjetga yiliga qöşimça 350 milliard söm daromad tuşişi kutilmoqda.
Davlat rahbari aholi uçun qulay infratuzilma, savdo va köngiloçar joylar, yuqori daromadli iş örinlari taşkil qilişni hozirdan boşlaş lozimligini ta’kidladi.
Master rejalar işlab çiqilişi va monitoringi böyiça vertikal tizim yaratiş vazifasi qöyildi.









