Dam oliş kunlari - 22-23 iyunda Özbekiston hududi böyiça harorat foni özgarmaydi.
“Özgidromet” xabariga köra, juma kuni Özbekiston hududi böyiça issiq ob-havo saqlanib turadi, harorat +34...+39 daraja, şimolda, janubda va çöl hududlarda +41 darajagaça böladi. Asosan yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda, faqat Özbekistonning markaziy va şarqiy hududlarida va Qoraqalpoğiston Respublikasida kunning ikkinçi yarmida havo bulutli bölişi kutilmoqda, ayrim joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin.
Şanba, yakşanba kunlari harorat keçalari +20...+25 daraja, kunduz kunlari +34...+39 daraja issiq atrofida böladi. Respublika tekislik hududining katta qismida yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpoğiston Respublikasida, şuningdek, 22 iyun, şanba kuni Xorazm viloyatida, Farğona vodiysi viloyatlarida va Navoiy viloyatining çöl hududlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin.
Şarqiy yönalişdagi şamol 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15−20 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin. Toğli hududlarda beqaror ob-havo saqlanib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli jala yoğib ötadi, momaqaldiroq böladi. Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.
Poytaxtda juma kunining ikkinçi yarmida biroz qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Harorat +35...+37 daraja issiq böladi.
Şanba va yakşanba kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçalari +23...+25 daraja, kunduz kunlari +36...+38 daraja issiq böladi. Şamol şarqdan 3−8 m/s tezlikda esadi, 12−14 m/s gaça kuçayişi mumkin.








