Oxirgi ma’lumotlarga köra, Makkada Haj vaqtida halok bölgan ziyoratçilar soni ming kişidan oşgan. Bu haqda AFP xabar berdi.
Ölganlar sonining köpayişiga havo haroratining 50 darajadan oşib ketgani sabab bölgani aytilmoqda.
Qayd etilişiça, minglab insonlar Haj ziyoratiga kiruvçi Arofat toğida turganida quyoş urişi qurboni bölgan. Köpçilik şifoxonaga yotqizilgan.
Saudiya Arabistoni Soğliqni saqlaş vazirligi ziyoratçilarga quyoş ta’siri ostida qolmaslikni, köp miqdorda suv içişni va havo haroratining eng yuqori çöqqilarida imkon qadar pana joylarda bölişni tavsiya qilgan.
Xabarga köra, halok bölganlar orasida misrliklar köpçilikni taşkil qiladi. Şuningdek, Tunis, Iordaniya, Eron, Senegal, Indoneziya va boşqa mamlakatlar fuqarolari bor.
Bu yil butun dunyodan 1 million 800 mingdan ortiq ziyoratçi Makkaga Haj ziyorati uçun borgan. Ötgan yili iyun oyi oxiridagi Haj ziyorati çoğida jazirama va taşnalik tufayli kamida 240 kişi halok bölgan edi.
Saudiya Arabistonidagi ğayritabiiy yuqori harorat global iqlim özgarişi bilan boğliqligi ta’kidlanmoqda. Tahlilçilarning hisob-kitoblariga köra, Makkada örtaça harorat har ön yilda muntazam ravişda 0,4 darajaga kötarilib boryapti.








