Javlonbek Oybekoviç Umarxöjayev Uzbekistan Airports AJ boşqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqdagi qaror kompaniyaning yagona aksiyadori — Özbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan.
Javlonbek Umarxöjayev mehnat faoliyatini 2008 yilda «Özbekiston havo yöllari» aviakompaniyasida boşlagan. 2009-2018 yillarda aviakompaniyada aviatsiya xavfsizligi boşqarmasi boşliği bölgan. 2018-2021 yillarda «Özbekiston temir yöllari»ning «Toşkent-Şarq» loyihasini amalga oşiriş böyiça kapital quriliş direksiyasi boşliği örinbosari va texnik direktori lavozimlarida işlagan. 2021-2023 yillarda Uzbekistan Airports AJ boşqaruvi raisining operatsion faoliyat böyiça birinçi örinbosari lavozimida işlagan. 2023 yil 9 avgustdan beri boşqaruv raisi vazifasini vaqtinçalik bajaruvçi bölib işlayotgan edi.








