Jinoyat kodeksi hamda Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga sir tutiladigan axborotlarni himoyalaşga oid qonunçilikni buzganlik uçun javobgarlikni takomillaştirişga qaratilgan özgartirişlar kiritiş töğrisidagi qonun loyihasi muhokamaga qöyildi.

Loyiha bilan tijorat va bank sirini oşkor qiliş uçun ma’muriy javobgarlikni bekor qilib tijorat, bank, soliq yoki suğurta siri hisoblangan axborotdan noqonuniy foydalaniş, töplaş yoxud oşkor qiliş uçun jinoiy javobgarlikni belgilaş nazarda tutilmoqda.

Jazo tariqasida BHMning 100 baravaridan 250 baravarigaça (34 million sömdan 85 million sömgaça) jarima yoki bir yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud ozodlikdan mahrum qiliş belgilanmoqda.

Oğirlaştiruvçi holatlarda ikki yildan uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi taklif etilmoqda. 

Ya’ni, uşbu harakatlar:

  • takroran yoki xavfli residivist tomonidan;
  • şaxs tomonidan öz xizmat mavqeyidan foydalangan holda;
  • köp miqdorda zarar yetkazgan holda;
  • bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bölsa — BHMning 250 baravaridan 500 baravarigaça (85 million sömdan 170 million sömgaça) jarima yoxud bir yildan ikki yilgaça ozodlikni çeklaş yoki bir yildan ikki yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolaş rejalaştirilmoqda.

Uşbu harakatlar:

  • juda köp miqdorda zarar yetkazgan holda;
  • mansabdor şaxs tomonidan;
  • uyuşgan guruh yoki uning manfaatlarini közlab sodir etilgan bölsa — ikki yildan uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolaş rejalaştirilmoqda.