Vazirlar Mahkamasining “Yoqilği-energetika tarmoğida tarif siyosatini yanada takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori bilan, 2035 yilgaça bölgan davrda Özbekiston yoqilği-energetika tarmoğidagi tarif siyosatining asosiy yönalişlari belgilandi.
Hujjat bilan elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun tariflarni şakllantiriş tartibi töğrisidagi nizomlar tasdiqlandi.
Tariflar işlab çiqariş, qazib oliş, uzatiş va boşqa tizimli xizmatlar, taqsimlaş va foydalaniş va kapital xarajatlarni töliq qoplaşni hisobga olgan holda sotiş xarajatlaridan kelib çiqqan holda şakllanadi.
Belgilangan tartibda tasdiqlangan elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun tariflar 2026 yildan boşlab, uç yildan kam bölmagan muddatga amal qiladi.
Elektr energiyasining yagona va tabiiy gazning markaziy xaridori elektr energiyasi va tabiiy gazni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan belgilangan tariflar böyiça sotib oladi hamda sotadi.
Aholining kam ta’minlangan va himoyaga muhtoj qatlamlarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş elektr energiyasi va tabiiy gazning bazaviy normasini qöllaş hamda ular uçun tariflar oşganda kompensatsiyalar beriş yöli bilan ta’minlanadi.
Tartibga solinadigan tariflar özida xarajatlarni aks ettirişi, elektr energetika tarmoğining samarali işlaşi rağbatlantirilişini ta’minlaşi va ijtimoiy kompensatsiyalarni hisobga olişi lozim.
Elektr energiyasi uçun tariflarni şakllantiriş tartibi töğrisida nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
- elektr energiyasi uçun tariflarni şakllantiriş mexanizmi;
- taşkilotlar uçun talab qilinadigan daromadni va iste’molçilarning turli guruhlari uçun elektr energiyasi uçun tariflarni şakllantiriş tartibi;
- tariflarni asoslaş uçun hujjatlarni taqdim etiş;
- tariflarni şakllantiriş ustidan davlat nazorati va boşqalar.
Tabiiy gaz uçun tariflarni şakllantiriş tartibi töğrisida nizom quyidagilarni öz içiga oladi:
- tariflarni tartibga soliş tamoyillari;








