
Bugun, 23 iyun kuni Möğuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqasi Luvsandorj Bolorsetseg hamrohligida mamlakatimizga taşrif buyurdi.
Bosh vazir matbuot xizmati xabar berişiça, Toşkent xalqaro aeroportida Oliy martabali mehmonni Özbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boşqa rasmiylar kutib oldi.

Qisqa suhbatdan söng, Möğuliston prezidenti va uning turmuş örtoği taşrif dasturidan örin olgan navbatdagi manzilga jönab ketdi.

Oliy martabali mehmon taşrifining dasturiga muvofiq, Toşkent şahrida oliy darajadagi muzokaralar ötkazilişi közda tutilgan. Özbekiston-Möğuliston döstlik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytiriş va mustahkamlaş masalalari körib çiqiladi.
Xususan, kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqot va parlamentlararo aloqalarni rivojlantiriş, ikki tomonlama tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş, toğ-kon sanoati, qişloq xöjaligi, çorvaçilik, yengil sanoat, soğliqni saqlaş, transport, logistika va boşqa yönalişlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oşiriş rejalari örin olgan. Şuningdek, madaniy-gumanitar va turizm aloqalarini faollaştirişga qaratilgan qöşma çora-tadbirlar muhokama qilinadi. Xalqaro masalalar yuzasidan fikr almaşiladi.
Sammit yakunlari böyiça hukumatlararo va idoralararo hujjatlar töplamini qabul qiliş közda tutilgan.
Davlat taşrifi doirasida prezidentlarning ikki mamlakat yetakçi kompaniyalari va işbilarmon doiralar vakillari bilan uçraşuvi hamda qator boşqa ikki tomonlama tadbirlar ötkazilişi rejalaştirilgan.
Möğuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Xiva şahriga ham taşrif buyurib, xalq boy madaniy-tarixiy merosi bilan tanişadi.







