Donald Trampning ikki asosiy maslahatçisi agar u prezidentlik saylovlarida ğalaba qozonadigan bölsa, Ukrainadagi uruşni yakunlaş böyiça rejani taqdim etişgan. Kit Kellogg va Fred Flyaytsning rejalariga köra, Ukraina tinçlik muzokaralariga kirişsa AQŞdan yanada köproq qurol-yaroğ oladi, deb yozadi Reuters.
AQŞ Moskvani ham muzokaralarga kirişdan boş tortiş Ukrainani qöllab-quvvatlaş kuçaytirilişiga sabab bölişidan ogohlantiradi, degan iste’fodagi general-leytenant va Trampning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçilaridan biri Kit Kellogg.
Rejaga köra, sulh muzokaralari çoğida töqnaşuv çiziqlarida öt oçişni töxtatiş joriy etiladi. Flyayts sobiq prezident bunday strategiyani ijobiy qabul qilganini ta’kidlagan.
«Men u rejani ma’qulladi, har bir sözini qöllab-quvvatladi, deb ta’kidlay olmayman. Lekin biz özimizga berilgan javobdan mamnunmiz», — degan u.
Biroq, Trampning matbuot kotibi Stiven Çung faqat sobiq prezidentning öz oğzidan yangragan yoki uning saylovoldi kampaniyasidagi vakolatli insonlar tomonidan bildirilgan bayonotlar rasmiy hisoblanişini qayd etib ötdi.
Jurnalistlarga köra, Kellogg va Flyaytsning strategiyasi saylovda ğolib çiqsa Ukrainadagi uruşni tezda tartibga sola olişini ta’kidlagan Tramning hammaslakalari tomonidan işlab çiqilgan eng batafsil reja hisoblanadi.
Reuters maqolasida yozilişiça, rejaning asosiy elementlari «Amerika barçasidan ustun» siyosiy instituti tomonidan e’lon qilingan oçiq tadqiqot işida bayon etilgan. Kellogning qayd etişiça, agar saylovda Tramp ğalaba qozonadigan bölsa, Rossiya va Ukrainani muzokara stoliga tezroq ötqaziş muhim ahamiyat kasb etadi.
«Biz ukrainaliklarga sizlar muzokara stoliga ötirişlaringiz kerak, aks holda AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlaş yakunlanadi, deymiz. Rossiya prezidenti Vladimir Putinga esa muzokaraga kirişiş lozimligi aks holda, Ukrainaga jang maydonida ğalaba qozoniş uçun barça zarur qurol-yaroğlar berilişini aytamiz», — degan Kellog.
Tadqiqot işida yozilişiça, Ukrainaning NATOga a’zo qiliş va’dasini uzoqroq vaqtga qoldirib Moskvani muzokaralarga majburlaş mumkin.
Flyaytsning qayd etişiça, ularning rejasiga köra Ukraina formal jihatda Rossiya foydasiga öz hududlaridan voz keçişi kerak emas. Biroq, unga köra, yaqin istiqbolda Kiyev barça hududlari ustidan samarali nazorat örtana olişi amri mahol: «Bizni uşbu uruş yoş yigitlarning butun bir avlodini qirib yuborayotgan holdan toydiruvçi uruşga aylanib ketayotgani taşvişlantirmoqda», – degan u.








