Yevropa çempionatining navbatdagi kunida tört uçraşuv C va D guruhlarining eng yaxşi jamoalarini aniqlab beradi.

Niderlandiya — Avstriya: Rangnik Kumanga qarşi (21:00 / ZörTV )

Köpçilik Avstriyani bu turnirdagi «sirli toyçoq» deb atamoqda. Ralf Rangnik öz şogirdlarini ular Yevropaning eng yaxşi jamoalariga raqobat tuğdira olişiga işontirgan. Va aftidan, bu iş bermoqda. Avstriyaning D guruhidan çiqiş imkoniyatlariga şubha bilan qaragan muxlislari endi yuqoriroq örinda çiqiş zarurligi haqida aytişmoqda.

«Men birinçi örin bilan çiqişni afzal körardim, ammo biz öz öyinimizda ğalaba qozonişimiz va Fransiya yutqazişini kutişimiz kerak böladi, buning esa ehtimoli kam. Ikkinçi örinni egallaş uçun biz şunçaki ikkinçi örinni olişimiz kerak. Biz öz işimizni qilişni istaymiz, keyin esa boşqa jamoalarning natijalariga qaraymiz», — degan Rangnik.

Avvaliga Polşaga qarşi öyinda iroda körsatib ğalaba qozongan (2:1), keyin fransuzlar bilan durang qayd etgan (0:0) niderlandlar Avstriya bilan öyinga guruh yetakçisi sifatida yetib kelişgan. Ronald Kuman şogirdlari uçun sönggi qadamni taşlaş qolgan — oldingi kungi öyinlarda Xorvatiya Italiya bilan durang öynagaç, Niderlandiya kamida uçinçi örin bilan keyingi bosqiçda iştirok etişi oydinlaşdi.

Hozirgi birinçi örinni saqlab qolişi uçun jamoa parallel uçraşuvdagi Fransiyadan yomonroq öynamasligi kifoya (şu bilan birga, Avstriyadan yengilmasligi kerak). 

Ralf Rangnik jamoasi Fransiya bilan öyinda avtogol tufayli alamli tarzda yutqazdi (0:1), keyin Polşadan töliq ustunlikka erişdi (3:1) va uç oçkoga ega böldi. 

Ğalaba Avstriyaga keyingi bosqiç yöllanmasini kafolatlaydi. Bu ssenariyda jamoa ikkinçi örindan pastga tuşib ketmasligi aniq va jamoada birinçi örin uçun ham imkoniyat böladi. Agar avstriyaliklar sönggi turda durang öynasa, uçinçi örindan yuqoriga kötarila olmaydi. Ammo tört oçko 1/8 final uçun yetarli bölişi aniq.

Hatto Avstriya bu öyinda yutqazsa ham (ayniqsa, minimal hisobda), uçinçi örinlar orasidagi eng yaxşi törtlikdan joy olişi ehtimoli yuqori. Şunday ekan, muxlislar uşbu ikki jamoani ham 1/8 finalda körişiga şubha yöq.

Fransiya — Polşa: Levandovskining Dortmundga qaytişi (21:00 / ZörTV )