Avvalroq Farğona viloyati Rişton tumani markazida “Lasetti” maşinasining gazballoni portlagani va atrofda bölgan bir neça odam jarohatlangani, maşina yonib ketgani haqida xabar bergandik.

Viloyat IIB axborot xizmati hodisada jarohatlanganlardan biri körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etganini ma’lum qildi.

Unda aytilişiça, 52 yoşli fuqaro “Lasetti”ni tuman markazidagi dehqon bozori hududiga töxtatib, bozorga kirib ketgan vaqtida, maşinaga örnatilgan gazballoni portlagan va yonğin kelib çiqqan.

Portlaş oqibatida, şu atrofda bölgan fuqaro A.A. tan jarohati olib, körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” bandi (yonğin qoidalari xavfsizligini buziş odam ölimiga sabab böliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.