2003 yilda Rişton tumani hokimining qaroriga muvofiq “Buyum bozori” taşkil etiş uçun 4 gektardan ziyod yer maydoni ajratilgan edi. Tadbirkorlarga dökon quriş uçun şu bozordan yer beriladi. Tuman hokimi tadbirkorlarni yiğib dökonlar qurib bitkazilgaç kadastr xujjatlari qilib berilişiga va’da bergan. Hokim va’dasiga işongan 114 nafar tadbirkor öz hisoblaridan dökon qurib bitkazişadi. Bozor ma’muriyatining talabi bilan dökonlar atrofini obodonlaştiriş uçun 3 mln sömdan pul ham berişadi. Lekin şu paytgaça hokimlar tomonidan berilgan birorta va’da bajarilmagan.

114 nafar tadbirkor tomonidan yiğilgan mablağlar buyum bozoriga emas, balki özi şundoq ham obod bölib turgan dehqon bozoriga sarf qilib yuboriladi. Oradan bir neça yil ötib esa “snosga tuşdi” deb endi dökonlarni buzişga tuşişadi.

Bu orada tumanda bir neçta hokim almaşgan. Lekin Rişton tumanida buyum bozorining özi yöq. Bozor uçun ajratilgan maydon esa abgor holatda. Savdogarlar ilojsizlikdan yoğin-soçin kunlarda ham yerda ötirişga majbur.

Hokimlarning va’dalariga işonib mablağ sarflab dökon qurib qöygan tadbirkorlarning dodini eşitadigan odamning özi yöq.

Katta bir tumanda buyum bozori yöq...

“Tumanning öşa paytdagi hokimi Ğayrat Mamadaliyev tadbirkorlarni yiğib Riştonday katta bir tumanda buyum bozori yöqligini ta’kidlab, dökon qurişimizni aytgan edi. Biz tadbirkorlarga joy ajratildi. Hokim va’dasiga işonib öz hisobimizdan dökonlar qurganmiz. Hokim dökonni quraveringlar, bitgaç barça xujjatlarini qilib beraman deb va’da bergan. Ular bizga bozor boş rejasini ham taqdim qilgan.