Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 26 iyun kuni amaliy taşrif bilan Toşkentda bölib turgan Turkiya milliy mudofaa vaziri Yaşar Gyuler boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uçraşuv avvalida Turkiya mudofaa idorasi rahbari Özbekiston yetakçisiga prezident Rajab Toyyib Erdöğanning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Anqara şahriga 5-6 iyun kunlari amalga oşirilgan oliy darajadagi taşrif çoğida erişilgan kelişuvlarni hisobga olgan holda, Özbekiston bilan Turkiya örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik munosabatlarini yanada çuqurlaştirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.

Harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari, jumladan, yaqin idoralararo aloqalarni mustahkamlaş, qöşma tadbirlar taşkil etiş, harbiy mutaxassislarni tayyorlaş va boşqa masalalar muhokama qilindi.

Xavfsizlik sohasida, terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarşi kuraşişda hamkorlikni mustahkamlaş va muvofiqlaştirişga alohida e’tibor qaratildi.

Mintaqada tinçlik va barqarorlikni ta’minlaş, şu jumladan Afğonistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almaşildi.

  • Şavkat Mirziyoyev 6 iyun kuni Anqaraga taşrifi davomida Turkiya aerokosmik kompaniyasida bölgan, bu yerda Özbekiston rahbariga kompaniya mahsulotlari namunalari, xususan eng yangi Kaan qiruvçi samolyoti taqdimot qilingan edi.
  • Turkiyaning Özbekistondagi elçisi Olgan Bekar uşbu taşrif yakunlari böyiça Kun.uz'ga bergan intervyusida Kaan qiruvçi samolyotlarini Özbekiston ham sotib olişi mumkinmi degan savolga aniq javob bera olmasligini aytgan, lekin Özbekistonda uçuvçisiz parvoz apparatlari va boşqa mudofaa mahsulotlariga qiziqiş katta ekanini ta’kidlagandi. “Bu qiziqiş yaqin kelajakda öz mevalarini, albatta, keltiradi”, – degandi turk elçisi.