“Yuksaliş” harakati poytaxt jamoat transporti holati yuzasidan fuqarolar örtasida onlayn sörov ötkazdi. Sörovnoma sohaga mas’ul tuzilmalar tomonidan qöşimça e’tibor talab qilinadigan jihatlarni aniqlaşga qaratilgan.
Sörovda 276 nafar respondent iştirok etdi. “Hozirda jamoat transportidagi asosiy muammo nima?” degan savolga quyidagiça javob olindi:
- tiğiz vaqtlarda yölovçilar oqimi köpligi (49,1 foiz);
- avtobuslarda sovituvçi/isituvçi konditsionerlar töliq işlamasligi (15,6 foiz);
- metroda havo ventilyatsiyasi yaxşi işlamasligi (12,4 foiz);
- transportlarning barçasida ham nogironligi borlar uçun maxsus şaroitlar yaratilmaganligi (8 foiz).
Şuningdek, yölovçilar ba’zi yönalişlarda haligaça eskirgan avtobuslar harakatlanayotganini, ular yöllarda tez-tez işdan çiqayotganini yoki yonğinlar kelib çiqayotganini muammo sifatida qayd etgan. Ayrim avtobuslarning harakatlaniş jadvaliga muvofiq yurmasligi ham şular qatorida.
Yölovçilarning ba’zilari avtobuslarda konduktorlarga ehtiyoj yöq degan bölsa, boşqalari ehtiyoj borligini aytgan. Konduktor bölmasa, haydovçi yölovçilarni old eşikdan tuşiradi, bu esa yölovçilar uçun qöşimça noqulayliklar keltirib çiqaradi.
Respondentlarning fikriça, yönalişli taksilar yoki mikroavtobuslarda “qöşimça örindiqlar”dan (taburet yoki yoğoç örindiqlar) foydalaniş holati kuzatiladi. Yölovçilar xavfsizligi uçun buni qat’iy nazoratga oliş va tartibga soliş darkor.
Yölovçilar qanday takliflar berdi?
Sörov davomida respondentlar quyidagi taklif va tavsiyalarni berdi:
- tiğiz vaqtlarda avtobus va vagonlar sonini köpaytiriş, oraliq vaqtlarni qisqartiriş (65,2 foiz);
- tirbandlikning oldini oliş uçun siğimi va hajmi katta avtobuslar sonini köpaytiriş (50 foiz);
- metroda ventilyatsiya va avtobuslarda sovitiş/isitiş tizimini yaxşilaş (49,1 foiz);
- eski rusumdagi avtobuslarni harakatlanişdan çiqariş va transport tizimini modernizatsiya qiliş (41,7 foiz);
- jamoat transporti uçun faqat professional haydovçilarni yollaş (34,1 foiz).
Sörov iştirokçilari, şuningdek, jamoat transporti haydovçilarining faoliyati böyiça takliflar qoldirgan. Masalan, yölovçilarni taşiş vaqtida uyali telefondan foydalangan haydovçilarni jazolaş, ularning malakasini muntazam oşirib boriş, yölovçilarning fikr-mulohazalari asosida ball tizimini joriy etiş, natijasiga qarab mukofotlaş yoki jarimaga tortiş tizimini yölga qöyiş, avtobus haydovçilarining “poyga”lar uyuştirişi bilan boğliq qoidabuzarliklarni qat’iy nazorat qiliş, xizmat körsatiş sifatini oşiriş va h.k.








